Tesla kompaniyasi gaz pedali «yopişib qoliş» xavfi tufayli barça Cybertruck pikaplarini qaytarib olişini e’lon qildi.
AQŞ yöl harakati xavfsizligi milliy boşqarmasi (NHsA) tomonidan e’lon qilingan bildirişnomaga köra, «katta kuç bilan bosilsa, gaz pedali yostiği joyidan çiqib ketişi va pedal yopişib qolişi mumkin».
Cybertruck pedalining «yopişib qolişi» xavfi avvalroq ijtimoiy tarmoqlar va ixtisoslaşgan forumlarda muhokama qilingan edi.
NHsA xabariga köra, gaz pedali yostiğining beqaror mahkamlanişi Texasning Ostin şahridagi zavodda Cybertruck yiğiş texnologiyasining ruxsatsiz özgartirilişi bilan izohlanadi. Pedal yostiğini örnatişni soddalaştiriş uçun avtomobil zavodida sovun işlatilgan. Sovun qoldiqlari qismlarning yopişişini kamaytirdi va dizayn işonçsizroq böldi.
Tesla tomonidan 2023 yil 13 noyabrdan 2024 yil 4 aprelgaça işlab çiqarilgan jami 3878 ta pikap qaytarib olinişi kerak. Bu elektromobillarning deyarli barçasi, deb yozdi CNN.
Cybertruck - bu Teslaning pikaplar bozoriga kirişga birinçi urinişi bölib, ular Texasning Ostin şahrida yiğiladi.
Tesla 2023 yil noyabr oyida 60990 dollarga oldindan buyurtma orqali Cybertruck yetkazib berişni boşlagan edi.













