AQŞ elçixonasi xabariga köra, tört yil davom etgan, qiymati 7 million dollar bölgan uşbu dastur şanba kuni Toşkentda bayramona yopiliş marosimi bilan yakunlandi.
2019 yil noyabr oyida AQŞning Toşkentdagi elçixonasi hamda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda işga tuşirilib, Xalqaro ta’lim böyiça Amerika kengaşlari tomonidan amalga oşirilgan uşbu qöşma taşabbus Özbekistondagi ingliz tili öqituvçilariga öz öquvçilarining til biliş malakasini oşiriş uçun eng samarali öqitiş metodologiyasi bilan ta’minlaşga qaratilgan.
Mazkur kompleks dastur Özbekiston böylab örta maktablarning 18 000 dan ortiq ingliz tili öqituvçisiga intensiv malaka oşiriş imkoniyatlarini taqdim etdi. 452 nafar öqituvçi TESOL dasturi böyiça yuzma-yuz ötkazilgan 140 soatlik kurs orqali xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatlarga ega böldi. 66 nafar öqituvçidan iborat guruh esa 2024 yil 16 mart kuni TESOL kurslarini muvaffaqiyatli tamomladi.
Bundan taşqari, 693 nafar ingliz tili öqituvçisi öz hamkasblarini qöllab-quvvatlaş maqsadida butun mamlakat böylab ekspert öqituvçilar tarmoğini şakllantirib, trener va murabbiy böliş uçun 60 soatlik ixtisoslaştirilgan kursda qatnaşdi. Bu yuqori malakali öqituvçilar ESN dasturi doirasida Özbekistonning har bir mintaqasidan 18 000 dan ortiq öqituvçini öqitdi. Öqituvçilarning yakuniy guruhi 2024 yil mart oyida uşbu treninglarda qatnaşdi, natijada dasturda öqitilganlarning umumiy soni 18 000 nafardan oşdi.
«Öqituvçilarning xabar qilişlariça, mazkur dastur ularga öz darslarini töğri rejalaştirişda yordam bergan hamda öz maktab jamoalarida yetakçi bölişlarida qöllab-quvvatlagan. Maktab direktorlari ham öqituvçilarning innovatsion ta’lim usullarini e’tirof etişmoqda. Öquvçilar esa ingliz tilida köproq gaplaşmoqda va til könikmalarini tobora rivojlantirib bormoqda», - dedi AQŞ elçisi Jonatan Henik.
Dastur davomida Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi öquv dasturlarini işlab çiqişda maslahat beriş, TESOL sertifikatlarini olgan öqituvçilarni moddiy rağbatlantiriş, yillik malaka oşiriş kurslariga ESN dasturlarini ham kiritiş va öqituvçilarga kasbiy rivojlanişga qaratilgan mahorat darslari va kurslarni yakunlaş uçun darslardan ta’til berişda muhim rol öynadi.













