AQŞning Toşkentdagi elçixonasida 2018 yili örnatilgan havo sifatini aniqlovçi qurilma yuzasidan ma’lumot beriş uçun press-suhbat bölib ötdi. Ma’lum qilinişiça, Davlat departamentining grant mablağlari hisobidan şahar böylab unça qimmat bölmagan havo sifatini monitoring qiluvçi sensorlar örnatiladi.
22 aprel kuni AQŞning Özbekistondagi elçixonasi binosida havo sifati böyiça mutaxassis, amerikalik tadqiqotçi Jyey Tyorner bilan press-suhbat bölib ötdi. Unda 2018 yilda elçixonaga örnatilgan Toşkent şahrining havo sifatini örganuvçi qurilma haqida ma’lumot berildi.
Olimning aytişiça, qurilma har soatda havo zarraçalarining konsentratsiyasini monitoring qilib turadi: ma’lumotlar har 53 daqiqada olinib, qolgan 7 daqiqasida tahlil qilinadi va natijalar avvalgi soatga soliştirilgan holda çiqarib beriladi.
Mutaxassisga köra, yaqinda “Özgidromet” örnatgan qurilmalar ham havo sifatini har soatda monitoring qilib boradi, ular AQŞ elçixonasida joylaşgani bilan deyarli öxşaş. Lekin natijalarni taqqoslaşda inobatga olinişi kerak bölgan jihatlar bor.
“Monitoring jarayonida muayyan protokollarga amal qilinişi talab etiladi. Agar şularga rioya qilinsa, beriladigan ma’lumotlarni bir xil deyiş mumkin. Elçixonadagi jihoz şu protokollarga rioya qiladi, uni özim tekşirganman. Agar faraz qilaylik, “Özgidromet” ham şu protokollarga amal qilib, öz hisobotini taqdim etayotgan bölsa, bizning ma’lumotlar bilan bir xil çiqadi deyiş mumkin.
PM2,5 havo zarraçalari konsentratsiyasi bilan havo indeksi orasidagi farqni bilib olişimiz kerak. AQŞ va Özbekistondagi qurilmalarning havo zarraçalari konsentratsiyasining ölçovlari bir xil ma’lumotni taqdim qilişi mumkin, lekin havo indekslari turliça hisoblanadi. Şuning uçun ham bu borada beriladigan raqamlar turliça böladi. Bu farqni körgan odamlar doim hayron qolaverişadi”, – dedi u.
Tyornerning ta’kidlaşiça, hozirça qurilmalarning monitoringi orasida qanday farqlar borligini aniqlaş borasida işlar olib borilmoqda.
“Bu savolga javob topiş uçun AQŞ Davlat departamenti Dyuk universitetiga grant mablağlari ajratib, Toşkent böylab qimmat bölmagan [havo zarraçalarini monitoring qiladigan] sensorlarni örnatiş reja qilinmoqda. Ularning ma’lum qismi örnatib ham bölindi”, –












