AQŞ Ukrainaga 61 milliard dollarlik yordam bermoqçi. Bu raqamlar aslida nimani anglatadi?
|00:23 / 23.04.202426 79611 min
AQŞdan harbiy yordam kelişi tiklanişi Ukrainaga Rossiyaning oldinga siljişini sekinlaştiriş imkonini beradi. Ammo bu har qanday dardga davo emas.
Foto: Serhii Mykhalchuk / Global Images Ukraine / Getty ImagesFoto: Serhii Mykhalchuk / Global Images Ukraine / Getty Images
AQŞ kongressining respublikaçilar köpçilikni taşkil etadigan Vakillar palatasi tomonidan Ukrainaga zudlik bilan yordam körsatiş töğrisidagi qonunda Kiyev uçun Rossiya bilan kuraşişga rasman 61 milliard dollar ajratilişi ma’lum qilingan. Ammo amalda Ukraina oladigan yordam miqdori 2023 yildagidan va sörayotganidan kamroq böladi. «Meduza» Vaşingtonning Kiyevga bu yordami nimadan iborat bölişi, Ukraina qurolli kuçlari yangi qonun doirasida nimalardan umid qilişi hamda Donald Tramp prezidentlikka saylanişi kelgusida ta’minotga qanday ta’sir körsatişi mumkinligini körib çiqdi.
Jo Bayden ma’muriyatida 2023 yil oxiriga kelib pul tugab qolgandi — ammo umuman Kiyevga yordam berişga emas, balki Ukrainaga qurol yetkazib berişda foydalaniladigan kanallarni moliyalaştirişga.
Asosiy kanal AQŞ armiyasi omborlarida saqlanadigan qurol va öq-dorilarni hisobdan çiqarişga asoslangan. Qurollarni ittifoqçilar foydasiga «hisobdan çiqariş» (President Drawdown Authority, yoki PDA) huquqi prezidentga 1961 yilgi taşqi yordam töğrisidagi qonun bilan taqdim etilgan. Hujjatda bir yil uçun 100 million dollarlik texnika va öq-dorilarni «hisobdan çiqariş» mumkinligi körsatilgan, ammo kongress bu summani istaganiça oşira oladi.
2022 yilda, Rossiya bosqiniga tayyorgarlik körilayotgan mahalda, qonunçilar Baydenning taklifi bilan PDA limitini 11 milliard dollarga, 2023 yilda, Ukraina qarşi hujum rejalaştirayotganida — 14,5 milliard dollargaça köpaytirgandi.
PDA kanalining asosiy ustunligi — yetkazib beriş tezligi va moslaşuvçanligi. Yuklaş jarayoni prezident texnika va öq-dorilar yetkaziş töğrisida qaror qabul qilganidan keyingi bir kun içida boşlanadi, Ukrainaga esa bir hafta yoki köpi bilan — bir oyda yetib boradi. Xususan, Ukraina qurolli kuçlarining 2023 yilgi qarşi hujumi uçun deyarli barça qurollarga beş milliard dollardan ortiq mablağ yanvar oyida tölab berilgan, may oyiga kelib ular Zaporijjya va Donetsk oblastlaridagi oldingi pozitsiyalarda turgandi.
AQŞ mudofaa vazirligining Ukrainaga navbatdagi yordam paketi ajratiş töğrisidagi xabarlarida muntazam ravişda aynan PDA tranşlari tilga olinadi. Ukraina Rossiyaga qarşi aynan şu qurollar bilan kuraşib kelmoqda. Ötgan vaqt içida jami 55 ta yordam paketi ajratilgan.
2023 yilda (katta ehtimol bilan, Ukraina qurolli kuçlari muvaffaqiyatiga umid qilgan holda) 14,5 milliard dollarlik PDA limiti avgust oyidayoq işlatib bölingandi. Ammo muammoni buxgalteriya usullarida hal qilişning imkoni böladi: Pentagon ikki yil davomida yetkazib berilgan qurollarni boşqaça narxlarda hisoblab çiqadi va şu tariqa yana olti yarim milliard dollar «topiladi». Bu orqali dekabr oyiga qadar yordam paketlari ajratişda davom etiladi.
Mavzuga oid
2023 yil kuzida Bayden ma’muriyati PDA liniyasi orqali yetkazib beriş uçun limit budjet yili oxirida (oktyabrda yakunlanadi) yakunlanmasligini ma’lum qildi, bu esa prezident uşbu limit doirasida «hisobdan çiqariş»ni 2024 budjet yilida ham davom ettirişini anglatardi.
2023 yilgi limit doirasidagi sönggi paket (300 million dollarlik)ni Bayden 2024 yil martida taqdim etdi. Ammo şundan keyin ham unda yana 4,1 milliard dollarlik qurollarni «hisobdan çiqariş» imkoniyati qolgandi. Bu summa yana bir neça oyga kiçik miqdordagi paketlar yuborib turişga imkon bergan bölardi. Ammo Pentagon keyin öz zaxiralaridan qurol yubormay qöydi.
Gap boşqa xarajatlar ham PDA bilan (yuridik emas, ammo amalda) uzviy boğliqligida edi: AQŞ mudofaa vazirligiga «hisobdan çiqarilgan»lari örniga yangi qurollar (tabiiyki, zamonaviy va qimmatroq) sotib olişi uçun pul kerak edi. Pentagon kongressga 2023 yil uçun ajratilgan pullar dekabrdayoq tugaganini ma’lum qilgan.
Şu tariqa, PDA kanali orqali Ukraina qurolli kuçlariga taqdim etiş mumkin bölgan 4,1 milliard dollar muzlatiladi.
Bayden ma’muriyati faol foydalanadigan yana bir kanal amal qilişi davom etadi. Gap «Ukraina xavfsizligiga kömaklaşiş taşabbusi» (Ukraine Security Assistance Initiative, USAI) dasturi haqida ketmoqda. U AQŞ zavodlarida Ukraina uçun qurollarga buyurtmalar pulini tölaş imkonini beradi. Bu dastur böyiça 2022 yilda 6,3 milliard dollar, 2023 yilda esa 12,1 milliard sarflangan.
Bu kanaldagi muammo — yordam kelib tuşiş tezligi pastligi: buyurtma uçun tölov qilinganidan yetkazib berişgaça oylar va hatto yillar ötişi mumkin. Ammo u baribir Ukraina uçun muhim: şunday qilib, AQŞda artilleriya snaryadlari işlab çiqarişni oşirişga USAI mablağlari hisobidan ham tölov qilinmoqda. Bu dastur böyiça HIMARS baravar öt oçiş reaktiv tizimidan uçiriş mumkin bölgan kiçik diametrda harakatlanuvçi bombalarni işlab çiqariş yölga qöyilgan.
«Ukrainaga yordam»ning jami qiymati boşqa xarajatlarni ham öz içiga oladi — AQŞning Şarqiy Yevropadagi qöşinlarini saqlab turiş, Amerikaning Yevropadagi boşqa ittifoqçilariga qurollar yetkazib beriş va hokazolar. Bundan taşqari, AQŞ budjeti qurol yetkazib beriş bilan bevosita boğliq bölmagan Kiyevga yordam haqidagi moddalarni ham öz içiga oladi. Bularning hisobiga yordamning qiymati Amerika uçun 100 milliard dollarga aylanadi.
Jo Bayden ma’muriyati ötgan yil kuzidan buyon Ukrainaga yordam körsatiş töğrisidagi qonun loyihasining bir neça variantlarini kongressdan ötkazişga urindi. Oxirgisi — senat tomonidan tasdiqlangani — 2024 yil uçun PDA limitini 7,8 milliard dollar miqdorida belgilaşni taklif etardi. AQŞ işlab çiqariş sanoatidan Ukraina uçun uzoq muddatda qurollar sotib oliş böyiça USAI dasturiga esa qariyb 13,8 milliard dollar ajratiş taklif qilingan. Bu raqamlar endilikda Vakillar palatasi tomonidan qabul qilingan qonunga ham kiritilgan.
Pentagon «hisobdan çiqarilgan» qurollarni sotib oliş uçun pul oladi (qonunning turli moddalariga köra 20 milliard dollardan ortiq). Bu şuni anglatadiki, PDA kanali böyiça 2023 yilda işlatilmay qolgan va vaqtinça muzlatilgan 4,1 milliard dollarni işlatsa böladi. Şu tariqa, Kiyev quyidagilarni olişi mumkin:
AQŞ mudofaa vazirligi omborlaridan qariyb 12 milliard dollarlik «tezkor» yetkazmalar (amalda — kamroq bölişi mumkin, bu haqda quyida keltiriladi);
Amerika zavodlaridan keyingi bir neça yil içida yetkazib beriladigan qurollar uçun qariyb 14 milliard dollar.
PDA kanali böyiça Kiyev nazariy jihatdan 2023 yilda qança olgan bölsa, şunça qurol olişi mumkin (öşanda 12,1 milliard dollar atrofida mablağ ajratilgandi). Ammo PDA limiti faqat Ukrainagamas, balki AQŞning boşqa ittifoqçilari — birinçi navbatda Isroil va Tayvanga ham taalluqli. Tayvan 2023 yilda uşbu kanal böyiça 345 million dollarlik qurol olgan.
2025 yil boşida Ukrainaga PDA böyiça yetkazmalar butunlay bekor qilinişi ham mumkin. Donald Tramp agar yana AQŞ prezidentligiga saylanadigan bölsa, aynan şunday qilişini aytgan.
Töğri, şu bilan birga, yordam körsatiş töxtab qolmasligi ham mumkin — faqat uni körsatiş metodikasi özgaradi. Buning uçun respublikaçilar tomonidan tuzilgan hozirgi qonunda «qarzga yetkazib beriş» haqidagi modda kiritilgan. Unga köra, Ukraina qarzga sakkiz milliard dollarlik qurol olişi mumkin böladi. Şu bilan birga, qarzdan keçib yuborilişi mumkin (50 foizidan keçişga prezident, qolgan yarmidan keçişga — kongress haqli).
Baydenning ma’muriyati qarz sxemasidan foydalanmagan: xususan, 2022 yilda kongress respublikaçilar taşabbusi bilan Ukrainaga «lend-liz» böyiça qurol beriş töğrisidagi qonunni qabul qilgandi (uruşda yöqotilgan qurollar uçun qarzni keçib yuboriş közda tutilgan), ammo Oq uy bu qonun böyiça bir sent ham sarflamagan.
Ukrainaga yangi yordam paketi nimalarga yetadi?
AQŞ Kiyevga yanada qimmatroq qurollar beradi.
Kongress tomonidan qabul qilingan qonun Baydenga Ukrainaga HIMARS baravar öt oçiş reaktiv tizimlari uçun uzoq masofaga harakatlanuvçi ATACMS raketalarini beriş majburiyatini yuklaydi.
Yevroittifoq mamlakatlari Kiyevga F-16 samolyotlarini bergaç, AQŞ uşbu texnikalarni qimmatbaho öq-dori va ehtiyot qismlari bilan ta’minlaşi kerak böladi.
Katta ehtimol bilan, yaqin oylarda Ukrainaning tanklar va jangovar piyodalar maşinalari böyiça yöqotişlarini aynan Amerika töldirişiga töğri keladi.
Şuningdek, Ukraina qurolli kuçlari uzoq masofadagi nişonlar bilan işlovçi havo hujumidan mudofaa tizimlarini jiddiy kuçaytirişi talab etiladi — önlab kilometrlardan uzoq masofaga harakatlanuvçi aviabombalar qöllayotgan Rossiya aviatsiyasiga qarşi turiş uçun. Ğarbda bu vazifani hal qiliş uçun yagona variant — Amerikaning Patriot komplekslarini yetkazib berişdir.
Şu tariqa, 2023 yildagi kabi mablağlar evaziga Kiyev 2024 yilda kamroq qurol olişiga töğri keladi (lekin sifat jihatdan yaxşiroq). Bu şuni anglatadiki, Ukraina qurolli kuçlari yaqin vaqtlar içida kuçli hujumkor guruh taşkil eta olmaydi (şu bilan birga, eslaş mumkinki, 2023 yil yoziga qadar tuzilgan, 15–18 ta brigadadan iborat katta guruh ham Rossiya mudofaasini yorib ötiş uçun yetarli bölmagandi).
Yordam hajmini oşiriş uçun jismoniy çeklovlar ham mavjud: xususan, Ukraina qurolli kuçlarining yozgi yurişi köp jihatdan Janubiy Koreyadan (AQŞ pullari evaziga) xarid qilingan artilleriya snaryadlari bilan ta’minlangandi. Amerikaning özida ham snaryadlarni işlab çiqariş hajmi reja böyiça oşirilmoqda — ammo sekin. 2024 yilda AQŞ va Yevropa Ittifoqidagi zavodlar Ukraina talablarini qondira olmaydi.
Ammo yetarli bölmagan yordam ham yordam umuman bölmasligidan yaxşiroq. Ukraina (senat qonunni tasdiqlasa) yaqin vaqt içida öz mudofaasini kuçaytiriş va frontni qulaşdan saqlab qoliş imkonini beruvçi vositalarga ega böladi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi