2024 yil yozi issiqlik va namlik böyiça rekordlarni yangilaşi mumkin, deb ogohlantirmoqda iqlimşunoslar. AQŞ Kaliforniya universiteti olimlari tomonidan tayyorlangan başorat ekvator böylab katta hududlarni, jumladan, Hindiston va Afrikaning katta qismini, Markaziy va Janubiy Amerika va Avstraliyani, şuningdek, AQŞ bir qismini qamrab oladi. Bu haqda MIR-24 yozdi.

Olimlar El-Ninyo hodisasining global haroratning oşişiga ta’sirini tahlil qildi. El-Ninyo - tabiiy iqlim özgarişining issiq davri. Global isiş davrida bu hodisa öz oqibatlarini yanada kuçaytirmoqda. Olimlarning ta’kidlaşiça, eng yuqori harorat El-Ninyo çöqqiga çiqqanidan taxminan beş oy ötgaç sodir böladi. Oxirgi çöqqi 2023 yil dekabriga töğri kelgan.

Tahlillar şuni körsatdiki, 2024 yilda tropik mintaqada örtaça maksimal nam havo harorati Tselsiy böyiça 26,2 darajani taşkil qiladi. Uning avvalgi harorat rekordini yangilaş ehtimoli 68 foizga teng.

Şimoliy Hindiston kabi nam issiqlikdan tez-tez aziyat çekadigan hududlarda bu yozda rekord darajadagi issiqlik va namlikning 50 foiz ehtimoli bor. Sahil mintaqasida (Saxara çöllari va Ğarbiy Afrika savannalari orasidagi ötiş zonasi) xavf 35 foizga baholanmoqda.

Olimlar issiqlik va yuqori namlikning kombinatsiyasi juda xavfli ekanligi haqida ogohlantirdi. Köpçilik quruq issiqlikka toqat qila oladi, ammo nam issiqlik tana uçun katta stressdir. Havo qançalik nam bölsa, ter şunçalik kam buğlanadi, bu terning sovutiş ta’sirini kamaytiradi va tana haroratini normal saqlaşni qiyinlaştiradi.