Sudga kiritilgan da’vo

Xonanda Botir Qodirov otalikni belgilaş da’vosi bilan fuqarolik işlari böyiça Uçtepa tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritdi. Marhum san’atkor Şerali Jörayevning farzandlari Şohjahon va Zohirşoh Jörayev sud işida javobgar sifatida iştirok etmoqda.

Kun.uz’ga ma’lum qilinişiça, Botir Qodirovning da’vo arizasi sudga 2024 yilning 19 mart kuni kelib tuşgan. Işni köriş 15 aprelga belgilangan. Javobgar vakili iş bilan tanişiş uçun işni körişni boşqa kunga qoldirişni söragani sababli navbatdagi sud majlisi 23 aprelga qoldirilgan.

23 aprel kungi sud majlisida da’vogar vakilining körsatmasi eşitilib, guvohlarni işga jalb etiş va qöşimça dalillarni, jumladan fotosuratlar, dalolatnoma yozuvi va tuğilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasini talab qilib oliş uçun işni köriş 2 mayga qoldirildi.

“Oilamiz bu işlardan zerikdi”

Botir Qodirov otalikni belgilaş haqida sudga da’vo arizasi kiritgani OAVda e’lon qilingaç, bu ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab böldi. Kun.uz bilan boğlangan Zohirşoh Jörayev oilasi bu işlardan zerikkanini bildirdi.

“Bir odamning ötib ketgan otasi ruhini bezovta qiliş şartmi? Suddan keyin aniq faktlar bilan çiqarilsa, töğri böladi. Men otamning xotirasini hurmat qilişlari tarafdoriman. Otamiz ötib ketganidan keyin ham nomini qoralab qilinayotgan piardan oilamiz zerikdi. Iloji boriça otamning xotirasi bulğanadigan narsaga yöl qöymanglar.

Bu bolaning oilamizga mutlaqo aloqasi yöq, otamning farzandi emas. Uning maqsadi otamizdan qolgan merosga da’vo qiliş bölmoqda”, dedi u Kun.uz jurnalisti bilan suhbatda.

Kun.uz bilan boğlangan Zohirşohning advokati Botir Qodirovning da’vo talablarini rad etuvçi dalillar yetarli ekanligini, ammo kasb etikasi va sudga ta’sir ötkazmaslik zaruratidan kelib çiqib, bularni ommaga oşkor qilmasligini ma’lum qildi.

“Uç tirrança buyuk san’atkorni loyga çaplayapti”

Botir Qodirov va marhum san’atkor Şerali Jörayevning öğillari örtasidagi mojaroga Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov munosabat bildirdi. Vazirga köra, marhumning tiriklik vaqtida ham, olamdan ötganidan keyin ham uni muhokamaga qöyişga yigitlar haqli emas.

“Bu gapni Jörayevlarga, Zohirga ham aytdim. Nima bölganda taqdirda ham bir buyuk odamni uç tirrança özining nafsi, maqsadi yölida loy bilan qoriştirişi, har xil sabablar bölişi... Bu masalada mening uççalasiga ham e’tirozim bor. Men uçun ustoz özbek millatining ma’naviy boyligi, butun xonanda zotining ustozi. Özbek xalqining qahramoni sifatida bu odam bunday işlarga loyiq emasdi.

Bular qilib turgan işlar... Bular hozir ehtiyot bölişi kerak: qiladigan işim, aytadigan gapim, qilgan xatti-harakatim otamga “minus” bölmaydimi? Hammasiga aytyapman, hali senlar obro‘ topib, bir narsani qoyillatganlaring yöq.

Otang uçun hurmat qilyapti kim hurmat qilayotgan bölsa. Şundan foydalanib turib, u odamning loyga çaplanişiga sabab bölişi kerak bölsa, bu mavzuning qözğalişiga tabiiyki uççala yigitning ham uluşi bor. Bu odam bunday işlarga loyiq emasdi, şuning uçun men bunga qarşiman”,– dedi Ozodbek Nazarbekov. 

Bundan taşqari, izohining söngida Nazarbekov Botir Qodirovning otasi kim ekaniga oid ma’lumotlarni bilmasligini, faqat miş-mişlardan xabardorligini ta’kidlagan.

“Mening otam Şerali Jörayev emas”

Botir Qodirovning özi 2019 yilda Milliy TV’ning “Nişonda” körsatuviga bergan intervyusida Şerali Jörayev uning otasi emasligini aytgan edi.

U jurnalistning “Siz özi Şerali Jörayevni ota deb bilasizmi?” degan savoliga bu mavzu u bilan boğliq emasligini ma’lum qilgan.

“Men bu savolga javob berişni xohlamayman. Sababi bu mavzu men bilan boğliq emas. Men özimni bu mavzuga boğliq şaxs deb bilmayman va bu mavzu umuman menga begona. Men Botir Qodirovman, mening otam Şerali Jörayev emas”, degan u. 

Xonanda bölib ötayotgan işlar böyiça matbuot anjumani ötkazmoqçi ekanligini bildirgan.