Xalq orasida «Şamsiddin Sadoiy» taxallusi bilan tanilgan şoir Şamsiddin Törayev xonanda Botir Qodirov ustidan Adliya vazirligiga şikoyat qildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Adliya vazirligi şoirning murojaati asosida xonanda Botir Qodirov tomonidan «Davlating borida», «Omonat» va «Tingla döstim» nomli şe’rlari huquq egasi ruxsatisiz hamda tegişli tartibda mualliflik haqini tölamasdan foydalanilganini aniqlagan.

Holat yuzasidan huquqbuzar xonandaga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 177-1-moddasi – «Mualliflik huquqini va turdoş huquqlarni buziş» ma’muriy huquqbuzarligi yuzasidan bayonnoma rasmiylaştirilib, tegişli sudga yuborilgan.

Jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudining qaroriga köra, huquqbuzarga nisbatan MJtK 177-1-moddasi birinçi qismi bilan BHM 5 baravari miqdorida – 1 million 875 ming söm jarima jazosi tayinlandi.

Ma’lum qilinişiça, avvalroq şoir Şamsiddin Törayevning «Işqingda kuygan» şe’rini xonanda Yulduz Turdiyeva ham uning ruxsatisiz kuylab kelgan. Şoir adliya vazirligiga murojaat qilgaç, tomonlar kelişuvga erişgan.

Adliya vazirligining eslatişiça, «Mualliflik huquqi va turdoş huquqlar töğrisida»gi qonunning 65-moddasiga köra, muallif yoki mutlaq huquqlarning boşqa egasi huquqbuzardan zarar qoplanişi örniga BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigaça (375 million söm) tovon tölaşni talab qilişga haqli.