Qayd qilinişiça, madaniyat sohasida boşqaruv va moliyalaştirişni takomillaştiriş, bu borada ilğor xorijiy tajribani joriy etiş közda tutilmoqda. Xususan, madaniyat markazlarida davlat-xususiy şeriklik yölga qöyilib, ijodiy işlanmalarni rağbatlantiruvçi startap loyihalar amalga oşiriladi. Yoşlarda vatanparvarlik hissini kuçaytiruvçi, Özbekiston brendini yaratuvçi tarixiy, ilmiy va animatsion milliy mahsulotlar qöllab-quvvatlanadi.
Davlat rahbari sohada ilğor xorijiy tajribani bosqiçma-bosqiç joriy etiş böyiça körsatma berdi.
Ta’kidlanişiça, Botir Zokirov memorial muzeyini taşkil etiş, Botir Zokirov nomidagi stipendiya joriy qiliş, xalqaro estrada tanlovini ötkaziş rejalaştirilgan. Institutning bakalavriat bosqiçini tamomlagan eng faol bitiruvçilar çet elga magistraturada öqişga yuboriladi hamda iqtidorli talabalarning nufuzli xalqaro tanlovlarda iştiroki qöllab-quvvatlanadi.
Andijon şahridagi san’at maktabi negizida Şerali Jörayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi taşkil etiladi. Şerali Jörayev nomidagi milliy qöşiqçilik teletanlovi har yili ötkaziladi.

Oliy maktabda ilmiy-ijodiy laboratoriya tuzilib, Şerali Jörayev qöşiqlarining «oltin fondi» yaratiladi. Zamonaviy ovoz yoziş va tasvirga oliş studiyasi taşkil etilib, iqtidorli yoş ijodkorlar undan imtiyozli foydalanişi mumkin böladi.
Hududlarda simfonik orkestrlarni bosqiçma-bosqiç taşkil qiliş rejalaştirilgan. Jumladan, Farğona viloyatida simfonik orkestr va milliy çolğular orkestri tuziladi. Ular zarur musiqa asboblari, ovoz kuçaytiriş va yoritiş uskunalari, sahna liboslari va boşqa anjomlar bilan ta’minlanadi.
Davlat rahbari milliy va jahon san’atining sara asarlarini aholiga çuqur yetkaziş, tuman va şaharlarga gastrol safarlari uyuştiriş zarurligini ta’kidladi.
Kelgusi 5 yilda kreativ iqtisodiyot hajmini 2 karra köpaytiriş, yalpi içki mahsulotdagi uluşini 5 foizga yetkaziş maqsad qilingan.

Taqdimotda hunarmandçilikni yanada rivojlantirişga qaratilgan takliflar körib çiqildi. Jumladan, Buyuk Britaniya Qirollik fondi bilan hamkorlikda Toşkent şahrida akademik platforma yaratiş rejalaştirilgan. U orqali magistrlar tayyorlaş, tadqiqotlar ötkaziş, öquv qöllanmalarini joriy etiş yölga qöyiladi. Bu platforma bilan 3 mingdan ziyod iqtidorli hunarmandlar bosqiçma-bosqiç qamrab olinadi. Keyinçalik uni amaliy san’at maktabiga aylantiriş közda tutilgan.









