AQŞ, Germaniya va yana 16 davlat Falastinning HAMAS taşkilotini Ğazo sektorida 200 kundan ortiq garovda uşlab turilganlarni ozod qilişga çaqirdi. Bu haqda 25 aprel, payşanba kuni Oq uy saytida çop etilgan qöşma bayonotda aytiladi.
AQŞ prezidenti Jo Bayden va Germaniya kansleri Olaf Şolsdan taşqari uni Avstriya, Argentina, Braziliya, Bolgariya, Britaniya, Vengriya, Daniya, Ispaniya, Kanada, Kolumbiya, Polşa, Portugaliya, Ruminiya, Serbiya, Tailand va Fransiya rahbarlari imzoladi.
«Biz Ğazoda 200 kundan ortiq vaqtdan beri HAMAS tomonidan garovda uşlab turilgan barça şaxslarni zudlik bilan ozod qilişga çaqiramiz. Ular orasida fuqarolarimiz ham bor. Ğazoda garovga olinganlar va xalqaro huquq himoyasida bölgan tinç aholining taqdiri xalqaro miqyosda taşviş uyğotmoqda», - deyiladi bayonotda.
Hujjatda qayd etilişiça, bunday kelişuv zudlik bilan va doimiy öt oçişni töxtatişga olib keladi, qöşimça insonparvarlik yordami hajmini oşirişga yordam beradi va harbiy harakatlarni tugatişga turtki böladi.
«Biz yana bir bor HAMASni garovga olinganlarni ozod qilişga va inqirozni hal etişga çaqiramiz, şunda diqqatimizni mintaqada tinçlik va barqarorlik örnatişga qaratişimiz mumkin», dedi 18 davlat yetakçilari.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
HAMASning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan.
Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida HAMASga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi.
Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 34 mingdan ortiq falastinlik halok böldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oşadi. Ğazoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilişi va eksklavning töliq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat çekmoqda.














