Turkiya prezidenti Arab bahoridan beri ilk marta Iroqqa taşrif buyurdi. Ötgan oyda rasmiy Bağdod Kurd işçilar partiyasini taqiqlangan taşkilotlar röyxatiga kiritgan edi. Buning evaziga Istanbul bu qöşnisi bilan iqtisodiy aloqalarni kuçaytiradi. Ayni paytda, Turkiyaning Iroq hududi orqali Fors körfaziga çiqiş rejalarini Eron va Rossiya xuşlamayapti.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan 2011 yildan beri ilk marta Iroqqa taşrif buyurdi. Ikki qöşni davlat iqtisodiyot va xavfsizlik borasida qator kelişuvlarga erişdi. “Geosiyosat” bu strategik taşrif atrofidagi savollar bilan siyosiy tahlilçilar Kamoliddin Rabbimov, Habibullo Azimov va Ravşan Ğoziyevga yuzlandi.

— Erdöğanning Iroqqa taşrifiga asosiy sabablar nima edi?

Ravşan Ğoziyev: — Turkiya va Iroq qöşni davlat, tarixiy, madaniy, iqtisodiy boğliq. Ikki davlat munosabatlari doim yaxşi bölgan, sovuq uruş davrida ham. Erdöğanning 12 yil bormaganiga bir neçta omillar bor. Arab bahoridan keyingi Iroqdagi tartibsizlik, xavfsizlik izdan çiqişi kabilar bilan boğlaş mumkin. Lekin strategik jihatdan Iroq bilan munosabatlar muhim bölgan doim.

Taşrifning eng asosiy sabablari – iqtisodiy va xavfsizlikka oid masalalar. Turkiya va Iroq savdo aylanmasiga qarasak, 2023 yilda 20 mlrd dollarni taşkil qilgan. Bu bilan Iroq Turkiyaning eng asosiy önta savdo hamkoridan biri. Bunda Turkiya 13 mlrd dollarlik eksport qiladi, 7 mlrd import qiladi. Bundan taşqari, bir qança loyihalar haqida gapiriş mumkin. Keyin xavfsizlik masalasi, bu asosan Kurd işçilar partiyasi bilan boğliq masala.

Habibullo Azimov: — 1932 yilda Iroq Britaniyadan mustaqil bölgaç, Turkiya bilan munosabatlari 1958 yilgaça yaxşi bölgan. Öşa yili Hoşimiylar sulolasi ağdarilib, hokimiyatga Aldulkarim Qosim keladi. Şu bilan Iroq Boğdod paktidan çiqib ketadi. Sotsialistlarning hokimiyatga kelişi Turkiyani xavotirga soladi. Kurd separatizmidan xavotir böladi. Iroq ma’lum davrlarda kurd separatizmidan Turkiyaga qarşi vosita sifatida ham foydalangan. Masalan, 1960-yillarda Turkiya va Iroq munosabatlari yomonlaşadi, sababi Turkiya qişloq xöjaligini rivojlantiriş uçun Dajla va Frot daryolarini yopib, katta loyiha boşlaydi va örtaga suv muammosi çiqadi. Şuningdek, 1980 yildan bugungi kungaça Turkiya Iroq hududida 15 dan ortiq harbiy operatsiyalar ötkazgan.

Arab bahoridan keyin Iroqdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat özgardi, şialar hokimiyatga keldi. Iroq va Eron yaqinlaşişi sabab Turkiyaning Iroqdagi manfaatlariga putur yetdi. Bugun Körfaz arab davlatlari bilan yaqinlaşiş Turkiya manfaatlariga töğri keladi, deb körilyapti Turkiya tomonidan.