Özbek sömi yil boşidan buyon AQŞ dollariga nisbatan 2,3 foizga qadrsizlandi. 2023 yilning mos davri bilan taqqoslaganda devalvatsiya 10,5 foiz atrofida böldi.

Özbekiston Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmurodov 25 aprel kungi matbuot anjumanida joriy yilning birinçi çoragida devalvatsiya sur’ati nisbatan tezroq bölganiga izoh berdi.

“1-çorakda dollar kursining oşişiga sabab – valutaga bölgan talab. Buni biz töğirlaniş deb ataymiz. Bu talab 1-çorakda 17 foizga oşdi. Hammasini import bilan boğlay olmaymiz, importdan boşqa tölovlar bor. Masalan, taşqi qarzlar böyiça tölovlarimiz ötgan çorakka nisbatan 34 mln dollarga ösdi. Xuddi şu omillar bilan şakllanadigan jarayon bu.

Qöşni davlatlar valutasi qadri nimaga oşyapti, bizda tuşyapti degan savollarni kördim. Har bir davlatning özining içki iqtisodiy şaroiti bor. Qozoğistonni misol qilib keltirişdi, ularda ikkita faktor bor. Birinçisi, davlat tomonidan kafolatlanmagan qarz olib keliş sezilarli oşdi. Ikkinçisi, barqarorlik suveren jamğarmasi xarajatlari oşdi. Bu valuta bozorida qöşimça valuta sotildi degani. Har bir davlatda qaysi rakursdan qarasak, talab va taklifdan kelib çiqadigan holat”, – dedi Nurmurodov.

Markaziy bank raisi yana bir bor valuta kursi talab va taklifdan kelib çiqib şakllanişini ta’kidlab, 25 aprelgi kungi valuta savdolari yakunlariga köra söm dollarga nisbatan 50 sömga mustahkamlanganini misol sifatida keltirib ötdi. Uning sözlariga köra, bunda savdolar vaqtidagi dollar taklifi (16 mln dollar) talabga nisbatan (11 mln dollar) sezilarli yuqori bölgan, natijada milliy valuta mustahkamlangan.

MB 26 apreldan boşlab belgilagan AQŞ dollarining sömga nisbatan rasmiy kursi – 12 640,21 söm bölib, bu 25 aprel kungi kursdan 49,76 sömga arzon.