Özbekiston Markaziy banki 17 dekabr kungi savdolar uçun 1 AQŞ dollarining sömga nisbatan kursini 12 874 söm etib belgiladi. Yil boşidan buyon sömning Amerika valutasiga nisbatan qadrsizlanişi 4,4 foizni taşkil etyapti.

2025 yilgi davlat budjeti parametrlarida dollar kursi örtaça yillik 13 250 sömdan hisoblangan. Bu körsatkiç 2026 yilda 13 725 söm, 2027 yilda 14 150 söm bölişi prognoz qilinyapti.

S&P xalqaro reyting agentligiga köra, özbek sömining dollarga nisbatan örtaça kursi keyingi yillar davomida quyidagiça bölişi mumkin.

  • 2025 yilning oxirida – 13 650 söm;
  • 2026 yilning oxirida – 14 300 söm;
  • 2027 yilning oxirida – 15 000 söm.

Sömning dollarga nisbatan kursini aniq prognoz qiliş juda murakkab, çunki bu köplab omillarga boğliq. Xususan, Özbekistonda iqtisodiy ösiş yaxşi bölsa, sömning dollarga nisbatan qadrsizlanişi sekinlaşadi. Aksinça, mamlakatda inflatsiya darajasi oşib ketsa, sömning qadri pasayadi. Taşqi savdoda eksport-import balansi ham milliy valuta qiymatining şakllanişida muhim ahamiyat kasb etadi.