Haftaning ilk kunida Hamkorbank, Infinbank, OFB va Tengebank 1 AQŞ dollarini 13 000 sömdan, KDB bank esa 13 005 sömdan sotmoqda.

Aloqabank, Anorbank va Xalq banki Amerika valutasini eng arzon – 12 945 sömdan taklif qilyapti.

Xarid kursi esa aksariyat banklarda 12 880 – 12 910 söm oraliğida. Faqat Asakabank kassalarida Amerika valutasi uçun 12 940 sömdan tölanmoqda.

6 yanvar kuni uçun Markaziy bank belgilagan rasmiy kurs – 12 942,01 söm.

Eslatib ötamiz, özbek sömi dollarga nisbatan 2022 yilda 3,9 foizga, 2023 yilda 9,7 foizga, 2024 yilda 4,5 foizga qadrsizlangan edi.

2025 yilgi davlat budjeti parametrlarida dollar kursi yillik örtaça 13 250 sömdan hisoblangan. S&P xalqaro reyting agentligi esa, 2025 yilning oxiriga borib kurs 13 650 söm bölişini prognoz qilgan.