Özbekiston Markaziy banki 24 dekabr kuni uçun xorijiy valutalarning sömga nisbatan rasmiy kursini e’lon qildi. Bunda AQŞ dollarining qiymati ilk marta 12 900 sömlik psixologik nuqtadan ötib, 12 902,00 söm deb belgilandi.

Amerika valutasining sömga nisbatan rasmiy kursi yilning ilk iş kunida 12 352,86 söm bölgandi. Şu tariqa, yil boşidan buyon milliy valutaning dollarga nisbatan devalvatsiyasi 4,45 foizga (+549 söm) teng bölmoqda.

Bu körsatkiç 2022 yilda 3,9 foiz, 2023 yilda esa 9,7 foiz bölgandi.

Bugun, 23 dekabr kuni tijorat banklarida 1 AQŞ dollari 12 895 – 12 955 sömlik diapazonda sotilmoqda. Sotib oliş kursi esa 12 830 – 12 855 söm oraliğida.

Eslatib ötamiz, xorijiy valutalarning sömga nisbatan Markaziy bank belgilaydigan kursi buxgalteriya, statistika va boşqa hisobot maqsadlari uçun, şuningdek, bojxona va boşqa majburiy tölovlarni hisoblaş uçun işlatiladi.

Avvalroq 2025 yilgi davlat budjeti parametrlarida dollar kursi örtaça yillik 13 250 sömdan hisoblangani ma’lum qilingandi. S&P xalqaro reyting agentligi esa, 2025 yilning oxiriga borib kurs 13 650 söm bölişini prognoz qilmoqda.