24 aprel kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Xalq bankida 2023 yilda amalga oşirilgan işlar sarhisobi, 2024 yil uçun belgilangan rejalar” mavzusida matbuot anjumani bölib ötdi. Unda bankning 2023 yildagi natijalari va 2024 yil uçun dolzarb vazifalari muhokama qilindi.

Xalq banki Boşqaruvi Raisi birinçi örinbosari Zafar Azimov 2023 yilda bankning transformatsiya jarayoni haqida ma’lumot berdi:
“2023 yilda Xalq bankini transformatsiya qiliş jarayonining muhim davrini ötkazdik. Bu borada Osiyo taraqqiyot banki bilan strategiyani joriy qiliş böyiça bitim imzolanib, 10 ta xalqaro ekspert jalb etildi hamda 17 ta strategik yönalişda hamkorlik qiliş kelişib olindi.
Bundan taşqari, “Xazna” mobil ilovasini yuklab olgan jami foydalanuvçilar soni 1 mln 400 mingga yetdi. Uşbu ilova orqali Yoşlar işlari agentligi bilan hamkorlikda respublikamiz yoşlariga “Xalqaro imtihon topşiriş xarajatlarini qoplaş” tizimidan foydalaniş imkoniyati taqdim etildi. Mazkur xizmatdan foydalanib, istalgan vaqtda, bankka kelmasdan mablağni bank kartasiga yuklab oliş mumkin. 2023 yilda 9 654 nafar yoşlarning 17 mlrd sömlik mablağlari qoplab berildi”, - dedi u.

Matbuot anjumanida Xalq banki tizimida biznes jarayonlar optimallaştirilişi natijasida aholi va mijozlarga körsatilayotgan xizmatlarni avtomatlaştiriş, kölamini kengaytiriş hamda sifat darajasini oşiriş böyiça amalga oşirilayotgan va rejalaştirilgan işlar muhokama qilindi.
Joriy yilda aholida moliyaviy savodxonlikni oşiriş maqsadida şu mavzudagi kitoblarni naşr ettiriş va kitobxonlarga taqdim etiş uçun yangi loyihani yölga qöymoqda.
“Respublikamiz aholisida ham moliyaviy savodxonlik darajasini, ham kitobxonlikni oşiriş maqsadida Xalq banki “Asaxiy Books” loyihasiga bilan birgalikda moliyaviy hamkorlik şartnomasini imzolaganmiz.
“Asaxiy Books”ning 20ta besseller asarlari Xalq banki homiyligida naşr etilişida homiylik qildi. Bu loyihaning davomi sifatida endilikda moliyaviy mazmundagi kitoblarni naşr etişda hamkorlikni rejalaştirganmiz.

Biz yoşlarning kitob öqişga bölgan qiziqişini oşirişga, ular kitob bilan döst bölişiga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada kötarişga va moliyaviy savodxonligini oşirişga öz hissamizni qöşiş istagidamiz”, - deya ta’kidladi bank Axborot xizmati rahbari Gulnoza Alimova.












