Amerika universitetlarida Ğazo sektoridagi uruşga qarşi aksiyalar tinmayapti — talabalar kampuslarda palatkalar örnatib, AQŞdan Isroil bilan har qanday moliyaviy aloqalardan voz keçiş va yarim yildan buyon davom etayotgan harbiy harakatlarni qöllaşni töxtatişni talab qilmoqda. Kolumbiya universiteti namoyişlar markaziga aylandi. Ötgan haftada oliy ta’lim muassasasi rahbariyati politsiyani çaqirdi, natijada 100 dan ortiq kişi qölga olindi. Keyin vaziyat keskinlaşdi — va Yyelda, Ostindagi Texas universitetida, Janubiy Kaliforniya universiteti hamda Boston universitetlarida yana önlab kişilar uşlandi.

22 aprel kuni Kolumbiya universiteti rahbariyati kunduzgi darslar bekor qilingani haqida e’lon berdi. Ikki kun ötib masofadan ta’lim imkoniyatini közda tutuvçi «gibrid» formatdagi maşğulotlar sxemasi yil oxiriga qadar uzaytirildi, bunda bitiriş imtihonlari ham onlayn böladi. Universitetlar kampuslarni yopmoqda, Janubiy Kaliforniyada xavfsizlik nuqtayi nazaridan asosiy bitiruv marosimi bekor qilindi, ammo boşqa universitetlarda namoyişlar davom etmoqda.

Otliq politsiyaçilar Ostindagi Texas universitetida Falastin tarafdorlari namoyişida, 2024 yil 24 aprel
Brandon Bell / Getty Images / AFP / Scanpix / LETA
Berklidagi Kaliforniya universiteti kampusida namoyişçilarning palatkalar lageri, 2024 yil 22 aprel
Justin Sullivan / Getty Images
Katta kursda öquvçi 22 yoşli Kerolayn Sassan Rod-Aylend ştati Providens şaharçasidagi Braun universitetida Ğazo sektori aholisi bilan birdamlik lagerida politsiyaçi bilan töqnaşuv vaqtida, 2024 yil 24 aprel
Sophie Park / The Washington Post / Getty Images
Nyu York universitetii talabalari va öqituvçilari oliy ta’lim muassasasi rahbariyatini Isroil bilan aloqalarni uzişga çaqirmoqda. Ular kampus hududidagi maydonni Ğazo sektori aholisi bilan birdamlik lageri deb e’lon qilişgan, 2024 yil 22 aprel
Andrew Lichtenstein / Corbis / Getty Images