27 aprel, şanbaga ötar keçasi Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi Krasnodar ölkasi uzra uçuvçisiz uçoqlar hujumini qaytardi, deb xabar berdi viloyat gubernatori Veniamin Kondratev. Uning ma’lumotlariga köra, ölka turli hududlarida neftni qayta işlaş zavodlari va infratuzilma obektlarini nişonga olgan «öndan ortiq uçuvçisiz uçoqlar tutib olingan». Qurbonlar va jiddiy vayronagarçiliklar yöq, favqulodda xizmatlar «UUA qulaşi natijasida» yuzaga kelgan yonğinlarni öçirişda davom etmoqda, dedi gubernator.

Öz navbatida, Krasnodar ölkasining Slavyanskiy tumani rahbari Roman Sinyagovskiy Telegram’da Slavyansk-Kubandagi zavod uçuvçisiz uçoq hujumiga uçraganini ta’kidladi. «Rezervuar parki va distillaş ustuniga jami 9 ta hujum uyuştirildi», deb yozdi u. Sinyagovskiyning sözlariga köra, qurbonlar yöq, ammo distillaş ustuni şikastlangan.

Rossiya NQZga avvalgi dronlar hujumi 3 kun oldin sodir böldi

Rossiyaning qator viloyatlari rasmiylari 24 aprelga ötar keçasi Ukraina uçuvçisiz uçoqlarining hujumlari haqida ma’lum qildi. Smolensk viloyati gubernatori Vasiliy Anoxinning sözlariga köra, bir qator yonilği-energetika obektlari hududida uçuvçisiz uçoqlar zarbalaridan keyin yonğinlar boşlangan. 

Astra Telegram-kanali mahalliy aholiga tayanib Yarsevo tumanidagi Smolensk neftni qayta işlaş zavodi yonayotganini yozdi. Astra jamoasining qöşimça qilişiça, hudud aholisi neftni qayta işlaş zavodi yaqinida törtta yoki beşta portlaş ovozini eşitgan. 

Uniannet Telegram-kanali xabariga köra, Lipetskda UUA harbiy texnika uçun şassilar işlab çiqaradigan traktor zavodiga hujum qilgan.