Bahorda nihollar qalamçasini tayyorlaş va ekiş kam xarajat talab qiladi va samarali hisoblanadi. Qalamça tayyorlaşning muhim qoidalari bor, bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lumot berdi.
Qayd qilinişiça, tavsiyalar quyidagiça:
— terakning bir yillik novdalarini kesiş oktyabr oyi oxiri — noyabr oyi boşidan terakda bahorgi vegetatsiya jarayoni boşlangunga qadar amalga oşiriladi;
— Kesib olingan novdalardan 20-25 santimetrlik qalamçalar tayyorlanadi. Qalamçalarni boğ qayçisi bilan 45 daraja ostida kesiş lozim. Bu orqali ularning çirişining oldi olinadi;
— qalamçalar erta bahorda jöyaklarga ekiladi va darhol suğoriladi;
— kuzda tayyorlangan qalamçalar orasi 60-70 sm bölişi kerak;
— terak qalamçalari jöyaklarda 20 santimetrdan qoldirilib, tik holatda qadaladi. Bunda qalamçadagi kurtaklar yuqoriga qaragan holatda bölişi, qadalgan qalamçalarda bitta yoki ikkita kurtak tuproq ustida qolişi lozim.
Yangi ekilgan qalamçalardan keyingi yilning bahorida 1–1,5 metrlik terak köçatlarini yetiştiriş mumkin. Ekilgan terak köçatidan esa bir yilda 2–2,5 metr, 3 yilda 6,5–7 metr, 5 yilda 10–12 metr, 8 yilda esa 20–25 metr uzunlikdagi terak daraxti ösadi.
Jöyaklar orasi 60 sm va qalamçalar orasi 20 sm sxemali 10 sotix, ya’ni 100 kvadrat metr maydonda 8333 ta, jöyaklar orasi 70 sm va qalamçalar orasi 20 sm sxemali 10 sotix maydonda esa 7140 tagaça terak köçatlarini yetiştiriş imkoni bor.








