“Ötgan yili Nurobodning olis Hazarmali, Uyşin, Olğa, Mehr, Örtabuz qişloqlarini boğlab turuvçi 30 kilometrdan oşiqroq yöl ta’mirlandi. Bu yöllardan qatnovçi aholining uzoq yillar tortgan azobini faqat şu yerliklar biladi. Bu yöllardan yurgan heç bir kattakon qaytib kirmasligi aniq edi.
2023 yilda viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning taşabbusi bilan uşbu yölga asfalt töşaldi. Afsuski, 2024 yil mart oyida sel kelişi oqibatida Uyşin, Olğa va Örtabuz qişloqlaridagi suv ötkazgiç quvur va köpriklarni suv oqizib, asfalt yölni ikkiga ajratib qöydi. Qisqa vaqt içida köprik masalasida murojaat qilmagan taşkilotimiz qolmadi. Tuman va viloyat hokimligiga ham çiqdik. Biroq hammadan bir xil – respublikadan tasdiqlanib kelsa, favqulodda vaziyatlardan pul ajratilsa, keyin ta’mirlab beramiz, mazmunida umidsiz javob olyapmiz”, – demoqda murojaatçilar.

Ma’lum bölişiça, uşbu yöl asosan lalmi va past qirliklardan iborat.
“Yöl qurilişida ikki yondagi tuproq örtaga kötarilib, asfalt yotqizilgandi. Yomğir yoğsa har tarafdan suv kelib, soyliklarga quyiladi. Bizningça, soy yöli inobatga olinmagan, qolaversa, quvir va köpriklar sifatsiz yotqizilgan”, – deb qöşimça qilişdi murojaat egalari.

Nurobod tuman hokimligi axborot xizmati bergan ma’lumotga köra, “Nurobod-Örtaböz-Mehr-Olğa” va “Toşquduq - Olğa - Hazarmali” avtomobil yöllari Samarqand viloyati avtomobil yöllari boş boşqarmasi balansida bölib, mazkur taşkilot tarkibidagi Nurobod tuman yöllardan foydalaniş korxonasi va Boğişamol yöllardan muntazam foydalaniş korxonasi tomonidan qurilgan. 34 kilometr yöl qurilişiga respublika budjetidan 33 mlrd söm ajratilgan.

Murojaatçilarga köra, hududning 16 mingdan ortiq aholisi yana avvalgi qiyinçiliklarni boşdan keçiryapti. Tuman markaziga qatnaydigan asosiy yölning bir neçta joyini sel olib ketganligi sababli jiddiy noqulayliklar yuzaga kelmoqda. Aholining tuman va viloyat mas’ullariga qilgan murojaatlari javobsiz qolgaç, hududga yana qaçondir biror kattakon borişi va köprik-quvurlar sozlab berilişiga umid boğlaşmoqda.













