Ukrainaning agrar siyosat va oziq-ovqat vaziri, davlat yerlarini noqonuniy egallab olganlikda ayblangan Nikolay Solskiy Korrupsiyaga qarşi oliy sud qarori bilan tayinlangan 75,7 million grivna (1,9 million dollar) miqdorida garov puli evaziga ozod qilindi va özining rasmiy vazifalarini bajarişda davom etmoqda. Bu haqda 26 aprel, juma kuni vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Bir neça soat oldin sud Solskiyni 24 iyunga qadar hibsda qoldirişga qaror qilgandi.

Solskiy 12 yilga ozodlikdan mahrum etilişi mumkin, deb xabar berdi Reuters. Vazir öz aybini tan olmayapti. Ta’kidlanişiça, gap 2017 yildan 2021 yilgaça, ya’ni Nikolay Solskiy 2022 yil mart oyida agrosiyosat vaziri lavozimiga tayinlanişidan oldin sodir etilgan bölişi mumkin bölgan jinoyat haqida ketmoqda. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy byurosi ma’lumotlariga köra, Solskiy 291 million grivna (7,35 million dollar) qiymatidagi davlat yerlarini noqonuniy ravişda egallab olgan va qiymati 190 million grivna (4,8 million dollar)ga teng yerni olişga uringan. 

Jinoiy sxema doirasida ikki davlat şirkatidan yerlar noqonuniy olib qöyilgan va uruş faxriylariga ayrim xususiy firmalarga ijaraga beriş şarti bilan taqdim etilgan, deb hisoblaydi prokuror. Nikolay Solskiy va uning advokati 25 aprel kuni bölib ötgan sud majlisida u bunday sxemadan foyda olmaganini aytdi. 

Solskiyning iste’foga çiqiş haqidagi arizasi 

Bir kun avval Ukraina Oliy radasi spikeri Ruslan Stefançuk Facebook’da Solskiy iste’foga çiqqanini ma’lum qilgan edi. Stefançuk fotonusxasini özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilgan ariza bölajak yalpi majlislardan birida körib çiqiladi, deyiladi postda. 

Iste’fo Ukraina parlamenti tomonidan tasdiqlanmagunça, Solskiy rasman vazir lavozimida qoladi.

Zelenskiy kabinetidagi korrupsiya mojarolari 

Reuters xabariga köra, Nikolay Solskiy Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy kabinetida korrupsiya işi böyiça gumonlanuvçiga aylangan birinçi vazir böldi. 

2023 yilning yozida Ukrainaning öşa paytdagi mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov atrofida korrupsiya mojarosi avj oldi. Xususan, Ukraina OAV 2022 yil oxirida mamlakat Mudofaa vazirligi turk kompaniyasi bilan harbiy xizmatçilar uçun qişki kiyim-keçak yetkazib beriş böyiça şartnoma tuzgani, biroq Ukrainaga jönatiş narxi uç baravarga oşgani haqida yozgan. Öşanda Reznikovning özi bunday ma’lumotlarning tarqalişi «jamiyatni çalğitişi» haqida aytdi.