Ukrainada uruşning 794-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- RF mudofaa vazirligi ukrainlarning 66 ta droni Krasnodar ölkasiga hujum qilgani haqida xabar berdi. Slavyansk-Kubandagi Slavyansk neftni qayta işlaş zavodi şikastlangan, uning faoliyati qisman töxtatilgan. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga köra, pilotsiz uçiş qurilmalari Kuşçevskaya stanitsasidagi harbiy aerodromga ham hujum qilgan.
- Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Oleksandr Sirskiy ittifoqçilarga frontdagi vaziyat «murakkabligi va keskinlaşiş tendensiyasiga egaligi» haqida aytgan.
- Belgorod oblasti Şebekino okrugidagi Voznesenovk qişloği hududida kamikadze dronlar hujumi oqibatida beş kişi, jumladan 17 yoşli qiz jarohatlandi.
- Moskvada 16 yoşli ösmirga jinoyat işi qözğatildi (uning şaxsi oşkor etilmagan), u göyoki «terrorizm tarğibotiga çaqiriş»da ayblanmoqda. RIA Novosti ma’lumotiga köra, u «Rossiya köngillilar korpusi» faoliyatini qöllab-quvvatlagan.
- Rossiya Ukraina böylab yopirilma raketa zarbalari yölladi. Lviv, Dnipropetrovsk va Ivano-Frankovsk oblastlarida issiqlik elektr stansiyalari, Xarkivda — ruhiy kasalliklar şifoxonasi binosi şikastlangan. Hujum vaqtida jami uç kişi jarohatlangan.
Xarkiv böylab zarba oqibatlari
27 aprelga ötar keçasi Rossiya qöşini yana bir bor Ukraina böylab yopirilma zarba yölladi — Lviv, Dnipropetrovsk, Ivano-Frankovsk va Xarkiv oblastlari zarba ostida qoldi. Ukraina tomoniga köra, mamlakat qurolli kuçlari 34 raketadan 21 tasini yöq qilgan.























