Tojikiston Taşqi işlar vazirligi (TIV) 27 aprel kuni keçqurun şoşilinç tavsiyanoma berib, respublika fuqarolarini «öta zarurat bölmasa, Rossiya hududiga barça turdagi transportlarda sayohat qilişdan vaqtinça tiyiliş»ga çaqirdi.
Bir kun avval Tojikiston TIV sönggi bir neça hafta içida mamlakat fuqarolarining Rossiyaga kirişiga ommaviy tösqinlik qilinayotgani haqida xabar bergan edi. Vazirlik Rossiyaning respublikadagi elçisi Semyon Grigorevga Rossiyaga kirişni asossiz rad etiş holatlari yuzasidan xavotir bildirdi.
Mahalliy matbuot xabariga köra, 22 apreldan buyon Orenburg viloyatidagi Qozoğiston-Rossiya çegarasida 180 ga yaqin Tojikiston davlat raqamlariga ega avtomobillar navbatda turib qolgan. Naşrning iddao qilişiça, tojikistonliklar faqat telefonlari tekşirilib, söroq qilingandan söng çegaradan ötkazilmoqda.
Avvalroq, Moskva yaqinidagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida yuz bergan teraktda Tojikistondan kelgan migrantlar ayblanganidan keyin Rossiyada çet el fuqarolariga nisbatan ommaviy tekşiruvlar boşlangan edi.
Şundan söng, Tojikiston Mehnat vazirligi «maişiy darajada» ta’qibga uçragan migrantlar Rossiyadan ommaviy çiqib ketayotganini ma’lum qildi.














