Blinkenning Xitoyga taşrifi. Nimalar muhokama qilingan?
|01:56 / 29.04.202416 96510 min
Xitoy va Qöşma Ştatlar örtasidagi mavzu siyosiy tahlilçilar Kamoliddin Rabbimov va Hikmatilla Kazakbayev bilan tahlil qilindi.
— Blinkenning Xitoyga safari qanday sabablar bilan amalga oşirildi va muhokama mavzular qaysilar böldi?
Hikmatilla Kazakbayev: — Ikki davlat örtasida köriladigan 4 ta masala bor edi. Birinçisi — San Fransisko sammitida Si Jinping va Bayden örtasidagi kelişuvlarni amalga oşiriş; ikkinçisi — Tayvan atrofidagi masalalar; uçinçisi — Filippin bilan boğliq masala, yaqinda Filippin hukumati AQŞ yordami bilan Xitoyga tegişli kemani çöktirgandi; törtinçisi — ikki davlat örtasidagi iqtisodiy aloqalar.
Davlatlar örtasida raqobat bor bölsa-da, iqtisodiy aloqalar muhimroq. AQŞda YaIM ösiş darajasi rejadagidek emas, inflatsiya, işsizlik holati bor, şuning uçun ham iqtisodiy masalalar muhim hisoblanadi. Xitoy taşqi siyosatida iqtisod doimo birinçi örinda turadi. Umuman, asosan şu 4 ta masala böldi.
— Blinken taşrifi doirasida Ukraina masalasi ham körilganmi?
Kamoliddin Rabbimov: — Bor edi. AQŞ va Xitoy munosabatlari xalqaro maydondagi eng intrigali masala. Çunki AQŞ va Xitoy dunyoning birinçi va ikkinçi qudratli davlatlari. Dunyo geosiyosatidagi bugungi savol bu ikki davlat munosabati 21-asrda qanday böladi, tiraşuv qay körinişda davom etadi, töqnaşuvlar yoki masalalarning kelişuv darajasi qanday böladi, degan savollar turibdi.
Ötgan yili Si Jinping San-Fransiskoga borgaç, munosabatlar sovişi darajasi sekinlaşdi, iliqlaşuv ham yöq. Ekspertlar fikriça, bu ikki davlat örtasidagi raqobat endi töxtamaydi. AQŞ öz global hokimiyatini uzaytirişni istaydi va Xitoyni öziga birinçi asosiy çaqiriq sifatida köradi. AQŞ strategik tahlillariga köra, Rossiya duşman sifatida köriladi, lekin Rossiyaning salohiyati pastroq bölgani uçun u uzoq muddatli katta çaqiriq emas.
Xitoyning siyosati ança sovuqqon va vazmin. Lekin uning inson resurslari, iqtisodi, harbiy texnologiyalari AQŞ, kollektiv Ğarb uçun uzoq muddatli jiddiy çaqiriq sifatida köriladi.
Blinken tarafidan Rossiya masalasi kötarildi. AQŞ Rossiyaga tinçlik yölida ham, harbiy maqsadlarda ham işlatiladigan tovarlar bermasligini istaydi. Blinken ham agar Xitoy yordam bermasa, Rossiya tezroq yengiladi, degan pozitsiyani oçiq aytdi. Xitoy Rossiya bilan salmoqli hamkorlik qilmasligi talab qilinyapti, Xitoy esa Tayvan borasidagi talabini qöymoqda.
Mavzuga oid
Entoni Blinkenning Xitoy rahbariyati bilan uçraşuvi global beqaror geosiyosiy fonda yuz berdi. Uçraşuvlar yopiq tarzda ötgan bölsa-da, asosiy muhokama mavzulari haqida mujdalar bor. Xöş, Si Jinping «qizil çiziqlar» deganda nimani nazarda tutdi?
AQŞ Xitoyning suverenitetini e’tirof etadi, lekin ayni paytda demokratik intilişdagi Tayvanni qöllaşda davom etadi.
Hikmatilla Kazakbayev: — Ukraina masalasi AQŞ va Xitoy örtasidagi muzokaralarda kun tartibidagi mavzu. AQŞ Xitoyni Rossiyadagi zavodlarga qurollar işlab çiqariş uçun vositalar yetkazib berişda ayblayapti.
Blinkendan oldin AQŞ moliya vazirining Xitoyga taşrifida ham bu masala körilgandi. Agar Xitoy yetkazib berişni töxtatmasa, Amerika Xitoyning yirik banklariga sanksiyalar qöllaşi haqida ogohlantirildi.
— Si Jinping «qizil çiziqlar» deganda nimani nazarda tutdi? Janubiy Xitoy dengizidagi raqobat va Tayvan masalasi qanday muhokama qilindi?
Kamoliddin Rabbimov: — Avvalambor, Tayvan masalasi nazarda tutilgan. Xitoy Tayvan masalasida heç bir davlat bilan kelişmaymiz, degan pozitsiyada. Umuman, Xitoy taşqi siyosiy doktrinasida uning hududiy yaxlitligini tan olmagan davlatlar bilan diplomatik aloqalar örnatmaydi. Tayvan mustaqilligini tan olgan davlatlar bilan ham diplomatik aloqalar uzilgan.
Tayvan AQŞ, kollektiv Ğarb uçun katta ta’sir qiliş vositasi. Xitoy uçun «qizil çiziq» — Tayvan. AQŞ kongressi Ukraina, Isroil va Tayvanga salkam 100 mlrd dollar yordam qonunini ma’qulladi. Şundan 8 mlrd dollar Tayvanga ajratilgan. Bu uning harbiy jihatdan mudofaa salohiyatini oşiradi. Bu esa Xitoyga çaqiriq. Şuning uçun Blinkenni kutib oliş darajasi past böldi, ya’ni bu borada kelişuvga bormaymiz, deb signal beryapti Xitoy. Agar töqnaşuv bölsa, Xitoy AQŞdan kuçsiz ayni payt. Ammo Xitoyning maqsadi Tayvanni qöşib oliş, qanday taktika bölişi, uzoq muddatli yoki uruş orqali bölişi kabilar farq qilişi mumkin.
Hikmatilla Kazakbayev: — Janubiy Xitoy dengizida, Tayvanda bu ikki davlat manfaatlari töqnaşadi. Tayvanni tan oluvçi davlatlar 13 ta, yildan yilga kamayib bordi bu, asosan kiçik davlatlar bular. Xitoy Tayvan masalasida heç qanday kelişuvga bormaydi, u Xitoyning bir qismi bölişi kerak, qanday yöl bilan bölişi keyingi masala. «Qizil çiziq» deganda Tayvanni qurollantiriş masalasi nazarda tutilyapti deb öylayman.
AQŞ 90-yillarda F-16 qiruvçilarini yetkazib berişga harakat qilgan, oxirgi yetkazib beriş 2022 yilda böldi va bu davom etadi. Yangiça qurollar ham yetkazyapti, xususan, harbiy kemalarga qarşi.
Bundan taşqari, mintaqada AUKS va QUAD mavjudligi. Filippin bilan oxirgi kelişuv ham bor, AQŞ va Filippin munosabatlari ittifoq darajasiga kötarilgan. AQŞ Filippinning 5 ta harbiy bazasidan foydalanardi, endi AQŞning öz harbiy bazalari ham quriladi 2025-2027 yillarda va bundan Xitoy bilan ehtimoliy töqnaşuvda foydalanişi mumkin. Xitoy tinç yöl orqali Tayvan bilan birlaşmoqçi, lekin bu tarafdan AQŞ Tayvanni qurollantiryapti. Bu masala qizil çiziq sifatida köriladi.
Kamoliddin Rabbimov: — Vetnam masalasini olaylik. Ötgan yili AQŞ prezidenti Vetnamga bordi, uç oy ötib Xitoy rahbari ham bordi. Ikki davlat örtasida Xitoy atrofidagi davlatlar bilan munosabatlarni qayta körib çiqiş, ittifoqçiga aylantiriş, ehtimoliy uruşda öz tarafiga tortiş uçun raqobat ketyapti.
— Bu raqobat keskinlaşib, quruqlik mintaqalariga ham ötişi mumkinmi?
Kamoliddin Rabbimov: — Ötişi mumkin. Ukrainadagi uruş, Tinç okeanidagi raqobat fonida Xitoy va ğarbiy Yevropaning quruqlikdagi transport logistikasiga ehtiyoj ortyapti. Bu Markaziy Osiyo uçun yaxşi imkoniyat. Agar AQŞ va Xitoy uruşi boşlansa, dengiz yöllari yopiladi. Xitoy çegarasi katta, köp davlatlar bilan çegaradoş. Masalan, Hindiston, u Xitoyni öziga muxolif sifatida köradi, çegara muammolari bor, tarixiy muammolar bor. Pokiston esa Xitoyning ittifoqçisi. Mana şunday holat mavjud Xitoy atrofida.
Hikmatilla Kazakbayev: — Xitoyning «Bir makon — bir yöl» loyihasiga muqobil loyiha taklif etilyapti. Ötgan yil Hindistondagi G20 sammitida yangi koridor haqida gapirildi, buni AQŞ qölladi köproq. Çunki agar harbiy töqnaşuv çiqsa, iqtisodiy koridor masalasi qiyin bölib qoladi. Agar Hindiston loyihasi köp davlatlar tomonidan qöllansa, Xitoy strategiyasiga qarşi strategiya bölib qoladi. Transport koridorlari juda muhim, uruşlar fonida bu bilinyapti. AQŞ va Xitoy töqnaşuvi Xitoy iqtisodiyotiga katta zarar keltiradi, şu nuqtayi nazardan ham raqobat köproq dengizda böladi, şuning uçun ham Xitoy asosan dengiz kuçlarini rivojlantirişga urğu beryapti.
— Yaqin Şarq masalasi ham muhokama qilinganmi?
Hikmatilla Kazakbayev: — Bu masala baribir muhokama qilinadi. Xitoy hukumati arablar va Falastinni qöllasa, AQŞ Isroilni qöllaydi, bu yerda ham manfaatlar töqnaşadi. Eron omili ham bor, mintaqadagi kuçlarga Eron orqali ta’sir qiliş mumkin, Eronga esa Xitoy orqali.
Kamoliddin Rabbimov: — Dunyoda geosiyosiy qutblaşuv ketyapti. AQŞ Isroilni qöllaydi, şartli ravişda Rossiya va Xitoy arab köçasini, Falastinni qöllaydi. Rossiya va Xitoy içki siyosatda qançalik avtoritar, islom omiliga hadik bilan qaramasin, Yaqin Şarqda Falastin davlati taşkil topişi tarafdori ekanini aytadi. Boşqa tanlov yöq bu borada, çunki Isroilni AQŞ qöllaydi. Umuman, muvozanat şakllantiriş murakkab bu yerda.
— Tinç okeanidagi xavfsizlik muammolari bilan boğliq MODEP tizimida qanday muhokama qilindi?
Kamoliddin Rabbimov: — AQŞ Xitoy dengiz çegaralaridan taşqarida doimiy suzib yuruvçi harbiy texnologik orolçalarni yaratişni oldiga maqsad qilib qöyyapti. Agar uruş boşlansa, qaysidir davlatdan ruxsat söramasdan töğridan töğri Xitoyga hujum qiladigan mobil orolçalar yaratiş közlanyapti. Yirik harbiy sanoat kompaniyalari bunday texnologiyalarni sinab körib, ança yuqori natijalar olingan.
Hikmatilla Kazakbayev: — Bu orolçalar kiçik aerodrom vazifasini ham bajarişi mumkin hujumkor vertolyotlar uçun, zamonaviy raketa tizimlari böladi. Kiçik bir harbiy bazadek böladi, boşqa mintaqalarga ham borişi mumkin kerak bölganda. Bu loyiha Tinç okeani mintaqasida yuz beradigan töqnaşuvda juda muhim böladi. Bu loyiha özi harbiy sanoat kompaniyalari işi, lobbilari orqali AQŞ hukumati sotib olişiga ham erişadi. Bu narsa harbiy sohada yangi bosqiçga çiqiş ham hisoblanadi. Endi oddiy tanklar, boşqa klassik qurollar bilan urişiş mumkinmasligini ham tuşunib yetyapti davlatlar.
— Bu narsa bayonotlarda yöq, şundaymi?
Hikmatilla Kazakbayev: — Bayonotlarda yöq, köproq AQŞdagi naşrlarda yoritildi. Umuman, Blinken taşrifi Xitoyda keng yoritilmadi, kutib oliş, kuzatiş jarayonlari ham yuqori darajada bölmagan, bu bilan Xitoy pozitsiyasini körsatyapti.
Kamoliddin Rabbimov: — Ikki davlat, köproq Xitoy qurollanişni boşlab yuborgan, çunki harbiy salohiyat tafovuti katta edi. AQŞning harbiy budjeti 900 mlrd dollardan oşadi, Xitoyniki 250-300 mlrd atrofida, lekin keyingi vaqtlarda Xitoy suvosti va suvusti kemalari soni böyiça AQŞdan ötib ketdi, şu bilan birga, kemalar kattaligi, kuçiga köra AQŞ hali ham oldinda.
Hikmatilla Kazakbayev: — Dengiz kuçlarining qudrati aviataşuvçi kemalar soniga qarab belgilanadi odatda va bu böyiça Xitoy ortda.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi