Portugaliya hukumati Afrikadagi sobiq mustamlakalariga tovon tölaş jarayonini boşlaşdan boş tortdi, deb xabar berdi Reuters 27 aprel kuni. Yetkazilgan zararni qoplaş zarurligi haqida avvalroq mamlakat prezidenti Marselu Rebelu de Souza ma’lum qilgandi.

Agentlik tomonidan keltirilgan hukumat bayonotida aytilişiça, u «özaro munosabatlarni çuqurlaştiriş, tarixiy haqiqatni hurmat qiliş va qardoş xalqlarning yaraşuviga asoslangan tobora qizğin va yaqin hamkorlikka intiladi». Biroq, avvalgi hukumatlar singari, uning kompensatsiya tölaş uçun «aniq harakatlar jarayoni yoki dasturi yöq». 

Şu bilan birga, hukumat sobiq mustamlakalar bilan munosabatlarni «haqiqatan ham a’lo» deb atadi hamda ta’lim, til, madaniyat, soğliqni saqlaş va iqtisodiyot sohalaridagi hamkorlikka e’tibor qaratdi. 

Portugaliya prezidenti mamlakat mustamlakaçilik davrida sodir etilgan jinoyatlar uçun javobgar ekanligini aytdi va «xarajatlarni tölaşga» çaqirdi. Xususan, u sobiq mustamlakalarning qarzlarini hisobdan çiqariş va ularni moliyalaştirişni taklif qildi. Bu öng qanot partiyalarning keskin tanqidiga sabab böldi, deya qayd etadi Reuters. 

Portugaliyaning mustamlakaçilik ötmişi 

Portugaliyaning mustamlakaçilik davri beş asrdan ortiq davom etdi. 15-19 asrlar orasida taxminan olti million afrikalik Portugaliya kemalarida Atlantika okeani böylab majburan olib ötildi va qullikka, asosan Braziliyaga sotildi. Portugaliya mustamlakalariga Angola, Mozambik, Braziliya, Kabo-Verde, San-Tome va Prinsipi, Şarqiy Timor va Osiyodagi ayrim hududlar kiradi. 

Lissabon tomonidan boşqarilgan Afrika davlatlarining dekolonizatsiyasi 1974 yilda, «Çinnigul inqilobi»dan bir neça oy ötgaç boşlangan. Inqilobda Yevropadagi eng uzun diktaturani ağdarildi va Portugaliyada demokratiya jarayoni boşlandi.