Prezident Şavkat Mirziyoyev 29 aprel kuni III Toşkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik böyiça taqdimot bilan tanişdi.

2022 yilda ötgan ilk forumga 56 mamlakatdan mingdan ziyod xorijiy mehmonlar kelgan bölsa, bu yil 84 ta davlatdan qariyb 2 ming 500 kişi qatnaşişi kutilmoqda. Ular orasida hukumat vakillari, yirik kompaniyalar rahbarlari, BMT, YeTTB, OPeK, ŞHT kabi xalqaro taşkilotlardan yuqori martabali mehmonlar bor.

Forumga puxta tayyorgarlik köriş maqsadida Vazirlar Mahkamasining farmoyişi qabul qilindi. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan tegişli vazirliklar bilan hamkorlikda barça taşkiliy çora-tadbirlar körildi.

Forum mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlarini körsatiş hamda özaro manfaatli loyihalarni kelişiş uçun qulay maydondir. Uning doirasidagi tadbirlar, muhokama qilinadigan masalalar köp. Jumladan, şu’ba majlislari, davra suhbatlari, taqdimotlar, hukumatlararo komissiya yiğilişlari kabi 40 dan ortiq tadbirlar rejalaştirilgan. Şuningdek, qator loyihalarni işga tuşiriş marosimi közda tutilgan.

Davlat rahbari forumni yuqori darajada taşkillaştiriş, har bir tarmoq va hududning investitsiyaviy salohiyatini töla namoyon etiş böyiça körsatmalar berdi.

3 may kuni Özbekiston prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengaşining ikkinçi yalpi majlisi ham ötkaziladi.

Bu galgi majlisda mamlakatda investitsiya muhitini yaxşilaş va istiqbolli loyihalarni amalga oşirişga doir dolzarb masalalar körib çiqiladi.