Ukrainadagi uruş munosabati bilan Amerika Qöşma Ştatlari tomonidan Rossiya davlatiga va bir qator rus kompaniyalariga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar tufayli, köplab Xitoy banklari Rossiya Federatsiyasiga tovarlar eksport qiladigan Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik qilişdan, hatto bu harbiy tovarlar bölmasa ham, qörqyapti. Bu haqda Reuters 29 aprel, duşanba kuni yozmoqda.
Uşbu holat Xitoyning eksport qiluvçi kiçik korxonalari uçun tobora jiddiy muammo tuğdirmoqda, deya tasdiqladi agentlikka yettita bank va savdo sohasidagi manbalar.
«Xitoyning yirik banklari Rossiya bilan boğliq operatsiyalarni moliyalaştirişdan voz keçar ekan, ba’zi Xitoy kompaniyalari çegaradagi kiçik banklarga va pul brokerlari kabi xufiyona moliyalaştiriş kanallariga murojaat qilmoqda, hattoki taqiqlangan kriptovalutadan ham foydalanmoqda», - deya öz suhbatdoşlaridan iqtibos keltirgan Reuters agentligi.
Xitoy banklariga Rossiyadan tölovlar AQŞ sanksiyalarini buzgan yoki buzmagani holatini tekşiriş uçun bir neça oy kerak böladi, dedi faqat familiyasi bilan - Van deya taniştirişni söragan korxonalardan birining egasi agentlikka. Bunday şaroitda Xitoyning ba’zi kompaniyalari Rossiya bozorini butunlay tark etdi, deyiladi ma’lumotda.
Kriptovaluta yagona tölov vositasi sifatida
Moskvada ofisi bölgan Rossiya banklaridan biri vakili anonimlik şarti bilan kriptovalutada tölovlarni amalga oşiriş Xitoyda xaridlarni amalga oşirişning sönggi varianti bölişi mumkinligini tasdiqladi, ammo bu tölov usuli Xitoyda şaffof emasligi tufayli 2021 yildan beri taqiqlangan.
Xitoy Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati TIV rahbari xufiyona tölov vositalaridan foydalaniş amaliyoti yoki ular bilan boğliq muammolar va ularni Xitoyning yirik banklari orqali amalga oşiriş jarayonidan xabardor emasligini aytdi. Vazirlik matbuot kotibi uşbu mavzu böyiça savollarni «tegişli boşqarmalarga» yölladi.
Xitoy xalq banki va moliya sektorini tartibga soluvçi organ - Moliyaviy tartibga soliş milliy boşqarmasi (National Administration of Financial Regulation, NAFR) jurnalistlarning sörovlariga javob bermadi.
Pekin Rossiya bilan savdo hamkorligi haqida
26 aprel kuni AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken Pekinda Xitoy taşqi işlar vaziri Van I bilan uçraşdi. Şu bilan birga, Davlat departamenti rahbari Xitoy «Rossiyani Ukrainaga qarşi uruşda qöllab-quvvatlayotganidan jiddiy taşviş» bildirdi.













