Xitoyning sanoat ösiş sur’ati 2024 yil aprel oyida mart oyiga nisbatan sekinlaşdi. 30 aprel, duşanba kuni Xitoy Xalq Respublikasi Davlat statistika boşqarmasi e’lon qilgan xarid menejerlari indeksi (PMI) körsatkiçlari şundan dalolat beradi. 

Xitoyning işlab çiqariş sanoatida mart oyida 50,8 bölgan PMI indeksi 50,4 ga tuşdi. «Bu tez rivojlanayotgan sektorning ösiş dinamikasi ikkinçi çorak boşida biroz zaiflaşganidan dalolat beradi», deb tuşuntiradi Reuters. 

50 PMI indeksi çegara hisoblanadi: bu belgidan yuqori daraja ösişni, undan pastroq esa qisqarişni körsatadi. Xitoy Xalq Respublikasi Davlat statistika boşqarmasi ma’lumotlariga köra, mamlakatda eksport buyurtmalari hajmi kutilganidan ança sekin ösdi. Şu bilan birga, bandlik darajasi pasayişda davom etdi. 

Tahlilçilar köçmas mulk bozori va içki talabdagi muammolarga işora qilmoqda 

Ayni paytda, tahlilçilar fikriga köra, Xitoy hozirgi muammolari köçmas mulk bozorida davom etayotgan pasayiş, içki talab qisqarişi, şuningdek, kommunal xizmatlarning ösib borayotgan qarzlari bilan boğliq bölib, «uy xöjaliklari va investorlar işonçiga putur yetkazgan hamda iqtisodiy istiqbollarni biroz keskinlaştirgan», deb eslatadi Reuters.

Xitoy 2024 yil uçun YaIM ösişini 5 foiz atrofida qilib belgiladi. Kuzatuvçilar bu maqsadni ambitsiyali deb bilyapti.