Kun.uz "MIB talablari bilan hisoblaşmayotgan suğurtaçilar – “olarda kirar jonim, berarda çiqar jonim”mi?" sarlavhali maqola e’lon qilgandi.

Unda YTH oqibatida şikast yetgan transport vositasi uçun suğurta kompaniyasidan suğurta tovonini undirib oliş oson iş emasligi, xususan fuqaro Azimjon Abdusalomov şaxsiy avtomobilida YTHga uçrab, jabrlanuvçiga yetgan zarar “Kapital suğurta” suğurta kompaniyasi tomonidan qoplab berilmayotgani haqida söz boradi. 

Uşbu masala böyiça “Kapital suğurta” kompaniyasi vakillari tahririyat bilan boğlanib, maqolada kötarilgan muammo ijobiy hal etilganini, 1 may kuni barça tölovlar tölab berilişini ma’lum qildi. 

Şuningdek, tovon pulining keçikişiga sababçi bölgan xodimlarga kompaniya içki tartib-qoidalari asosida tegişli çoralar körilişi ma’lum qilinib, mijozning MIB ijro yiğimi böyiça e’tirozi ijobiy hal etildi, deyiladi munosabatda.