Namangan viloyatining Töraqörğon tumanida yaşovçi Xurşid Muhiddinov öz qöşnisini öldiriş uçun qotil yollagan. Kun.uz mazkur jinoyat işi doirasidagi sud hujjatlarini örgandi. 

Sud hujjatlarida keltirilişiça, Xurşid Muhiddinov qöşnisi A.Boriyev va turmuş örtoği örtasida işqiy munosabat borligidan xabar topib, qöşnisini qasddan öldirişni rejalaştirgan. U tanişi D.M. va D.P.ga murojaat qilib, A.Boriyevni öldirib yuboriş evaziga ming dollar berişini aytgan. D.M. va D.P. esa Namangan viloyati IIB boşliği nomiga ariza bilan murojaat qilgan.

2023 yil 7 iyun kuni Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan viloyat IIB JQB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda A.Boriyev tegişli tartibda grimm qilinib, yuziga hayvon qoni surtilgan hamda qöl-oyoqlari boğlangan holda Çortoq tumani Ayqiron mahallasi hududida joylaşgan molxona binosiga olib borilgan. Söngra telefon orqali foto va videotasvirga olinib, buyurtmaçiga yuborilgan.

Xurşid Muhiddinov D.M. boşqaruvidagi maşinada va’da qilingan pullardan 1,4 mln sömini unga bergan. Şundan söng A.Boriyevni öldirişda foydalaniş uçun yölda savdo dökonidan piçoq va kanselyariya piçoği, dorixonadan esa tibbiy qölqop va niqoblarni sotib olgan.

Aytilgan manzilga yetib kelgaç ularni kutib turgan “killer” D.P. bilan körişib, tibbiy qölqopni kiygan va A.Boriyev saqlab turilgan xonaga kirgan. Şu vaqtda Muhiddinov tezkor xodimlar tomonidan elektroşoker yordamida xavfsizlantirilib, töxtatib qolingan va qölga olingan.

Xurşid Muhiddinov qöşnisi A.Boriyevni qasddan öldirişga suiqasd qilganlikda aybli deb topilgan. Sud hukmi bilan unga 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Avvalroq Navoiyda qaynakasini öldiriş uçun “killer” yollagan şaxs 15 yilga qamalgani xabar qilingandi.