Hukumat tomonidan işlab çiqilgan yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşiş çoralari (hozirça loyiha körinişida) ijobiy takliflar bilan bir qatorda, bahstalab, Soliq qömitasiga yana mutlaq va nazoratsiz vakolatlarni taqdim etiş xavfini oşirgan. Eng yomoni, uşbu idora imkon böldiki, öziga qöşimça vakolat va instrument olişga intilyapti. Ertaga keç böladi, bugun öylaş kerak.
Bitta narsani unutmaslik kerakki, hozirgi budjet taqçilligini yuzaga keltirganlar odamlar, kiçik va örta tadbirkorlar emas, balki hisobdorligini unutgan hukumatning palapartiş sarf-xarajati, monopoliya, yirik biznes olayotgan imtiyoz7u subsidiyalar oqibatidir (mabodo muammo şunda bölsa). Şuning uçun ham ikki oyoq bir etikka tiqilgan payt qora xalqning çöntagiga qöl tiqişga uriniş adolatsizlikdan boşqa narsa emas.
Jismoniy şaxslar örtasida P2P pul ötkazmalari ustidan nazorat örnatişga uriniş yana kun tartibiga çiqayotgani xavotirlidir. Vaholanki, xuddi şunday uriniş ötgan yili yangi Konstitutsiyaning “41, 65–67-moddalari talablaridan kelib çiqib, şuningdek, mulkiy huquqlarning işonçli himoyasini ta’minlaş, uşbu huquqlarni çeklayotgan omillarni bartaraf etiş, mulkiy munosabatlarga asossiz aralaşuvga yöl qöymaslik maqsadida” bekor qilingan edi. Ëki Prezident tadbirkorlar bilan uçraşuvda “Tax Gap” degan baloni bekor qilgan holatni eslaşning özi kifoya.
Hukumat tayyorlagan yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşiş dasturida ham yana şunday kazuslarni yaratadigan çoralar ilgari surilyaptiki, ertaga tadbirkorlarni, oddiy odamlarni qiynaşga zamin yaratilişi mumkin. Nazoratsiz, tadbirkorni, oddiy odamlarni “yamlab yutişga” tayyor turgan kontoraga qöşimça vakolat berib, afsuslanib yurgandan köra hoziroq yetti marta öylab, bir marta kesgan yaxşi. Energetika va kommunal xizmatlar narxlari oşib, şundoq ham stressda turgan tadbirkorlarni, odamlarni, qöpol öxşatiş bölsa ham, qatağon qiliş notöğri qadam va notöğri signaldir. Öz qölimiz bilan muammo yaratmaylik.
Qobil Xidirov,
bloger













