Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasida “Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uçun javobgarlikni kuçaytirişga qaratilgan özgartirişlar kiritiş haqida”gi qonun dastlabki tarzda körib çiqildi.

Ta’kidlanganidek, 2021–2023 yillarda 239 ta holatda mamlakat hududiga qiymati qariyb 2 mlrd sömlik 300 mingdan ortiq pirotexnika buyumlarini noqonuniy olib kiriş holatlari aniqlangan.

Bundan taşqari, uşbu davr mobaynida içki işlar organlari tomonidan ötkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar va reydlar davomida 42 milliondan ortiq pirotexnika buyumlari olib qöyilgan.

Bugungi kunda mamlakatda pirotexnika buyumlarining qonunga xilof ravişdagi muomalasi bilan boğliq huquqbuzarliklar böyiça Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 185-1-moddasida javobgarlik çoralari belgilangan bölsa-da, mazkur moddaning dispozitsiyasida pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasini taşkil etuvçi ijtimoiy xavfli qilmiş uçun bir xil javobgarlik belgilangan, ya’ni pirotexnika buyumlaridan noqonuniy foydalaniş, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan joylarda saqlaş, işlab çiqariş, tayyorlaş yoxud Özbekiston hududiga olib kiriş yoki olib çiqiş yoxud ötkaziş uçun bir xil jarima belgilangan.

Mazkur toifa huquqbuzarlik sodir etilganda xavfli qilmişni keltirib çiqargan oqibatlar hisobga olingan holda jazo tayinlanmasligi bunday huquqbuzarliklarning oldini olişda öz samarasini bermayapti.

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 185-1-moddasida belgilangan huquqbuzarlik belgilarining har birini alohida qismlarga ajratgan holda har bir qilmiş uçun alohida sanksiyalar belgilanmoqda, ya’ni mazkur moddaning birinçi qismida pirotexnika buyumlaridan qonunga xilof ravişda foydalanganlik uçun, ikkinçi qismida ularni noqonuniy işlab çiqarganlik, tayyorlaganlik, saqlaganlik, taşiganlik, jönatganlik, olib çiqqanlik uçun, uçinçi qismida esa pirotexnika buyumlarini ötkazganlik va Özbekiston hududiga olib kirganlik uçun javobgarlik belgilanib, javobgarlik çoralari kuçaytirilmoqda.

Bundan taşqari, “Içki işlar organlari töğrisida”gi qonunda hamda Vazirlar Mahkamasining tegişli qarorlarida içki işlar organlari tomonidan pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasiga oid holatlarni aniqlaş, ularni olib qöyiş va aybdor şaxslarni javobgarlikka tortiş vazifalari yuklanganligi bois qonun bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga qöşimçalar kiritilib, pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasiga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uçun ma’muriy bayonnomalarni rasmiylaştiriş vakolati Milliy gvardiya bölinmalari bilan bir qatorda içki işlar organlariga ham berilmoqda.