«Pirotexnika buyumlarining muomalasi töğrisida»gi qonun qabul qilindi.

Qonunga köra, pirotexnik tarkibning yonişi (portlaşi) yordamida optik, akustik, elektr va boşqa vizual effektlarni hosil qiliş uçun möljallangan qurilmalar pirotexnika buyumlaridir.

Pirotexnika buyumlari ularning xavflilik zonasi, şu jumladan atrof-muhitning zararlaniş darajasidan kelib çiqib, xavflilikning I–V sinflariga bölinadi.

Özbekistonda xavflilikning I sinfiga kiruvçi pirotexnika buyumlarini (bengal çiroqlari, qarsildoq, tortlar uçun kiçik fontanlar) jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan işlab çiqariş, tayyorlaş, Özbekiston hududiga olib kiriş, taşiş, ötkaziş, sotib oliş, saqlaş va ulardan foydalanişga ruxsat beriladi.

Şu bilan birga, xavflilikning II–V sinflariga kiruvçi pirotexnika buyumlarini işlab çiqariş, tayyorlaş, Özbekiston hududiga olib kiriş, taşiş, jönatiş, ötkaziş, sotib oliş, saqlaş va ulardan foydalaniş taqiqlanadi.

Pirotexnika buyumlarining muomalasi ustidan davlat nazorati Milliy gvardiya, içki işlar va bojxona organlari tomonidan amalga oşiriladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy ötgaç kuçga kiradi.

Özbekistonda pirotexnika buyumlarining noqonuniy aylanmasi va ulardan foydalanganlik uçun katta miqdordagi jarimalar bilan ma’muriy javobgarlik közda tutilgan, öta oğir holatlarda esa jinoiy javobgarlik qöllanilişi mumkin.