29 aprel kuni Toşkent viloyati Ekologiya boşqarmasi Sirdaryo suv havzasi şu’basi inspektorlari tomonidan daryoning öng qirğoğida nazorat tadbirlari ötkazildi. Şunda inspektorlar brakonerlar hujumiga uçragan. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi. 

Qayd qilinişiça, reyd davomida Sirdaryo daryosining Oqqörğon tumanidan oqib ötuvçi hududida inspektorlar noma’lum fuqarolar tomonidan taqiqlangan ov qurollari, ya’ni leskali tör, motorli qayiq yordamida baliq ovlanayotgani holatiga duç kelgan. Sirdaryo suv havzasi şöbasi boşliği D.Zohidov va boş davlat inspektori T.Böriyev huquqbuzarlik holatiga çek qöyiş maqsadida baliq ovlayotgan fuqarolar yoniga qayiqda suzib borgan. Ammo huquqbuzarlar inspektorlarga hujum qilib, ularni suvga itarib yuborgan. Şuningdek, brakonerlar inspektorlarning rezina qayiğini yorişgan. 

Ta’kidlanişiça, inspektorlar daryo qirğoğiga suzib çiqqan. Huquqbuzarlar inspektorlarni haqoratlab, ov qurollarini olib, qoçib ketgani aytilmoqda. 

Mazkur holat böyiça huquqbuzarlarning şaxsiga aniqlik kiritiş hamda holatga huquqiy baho beriş maqsadida tegişli hujjatlar Toşkent viloyati prokuraturasi va viloyat IIBga yuborilgan.