“Yangi Özbekiston“ universiteti taşkil etilgan yildanoq dunyoning birinçi raqamli oliygohi Massaçusets texnologiya instituti bilan uzoq muddatli hamkorlik yölga qöyilgan.

Şu asosda yuqori malakali mutaxassislarni jalb qiliş va xodimlar malakasini oşirib boriş yönalişlarida yaqin hamkorlik aloqalari örnatilgan. Hamkorlik doirasida:

1.    Yuqori malakali mutaxassislarni jalb qiliş;

2.    Xodimlar malakasini oşiriş;

3.    Amaliy maşğulotlar ötiş közda tutilgan.

Belgilangan talablar böyiça AQŞ oliygohi vakillaridan iborat tanlov komissiyalari faoliyati taşkil etilgan bölib, “Yangi Özbekiston“ universitetiga professor-öqituvçilarni işga jalb qilişning 3 bosqiçli şaffof tizimi yaratildi. Mazkur tizimga asoslangan holda 500 nafardan ortiq nomzodlar körib çiqilib, oliygoh talabi asosida 38 nafar professor-öqituvçi işga jalb qilingan.

Massaçusets texnologiya instituti tomonidan taşkil etilgan innovatsiyalarni qöllab-quvvatlaş, innovatsion ekotizimni yaratiş, öquv reja va fan dasturlarini işlab çiqiş kabi yönalişidagi mahorat darslarida “Yangi Özbekiston“ universiteti xodimlari tizimli ravişda iştirok etişi yölga qöyilgan. Bugunga qadar 18 nafar xodim va professor-öqituvçi qayd etilgan darslarda iştirok etib, öz malakasini oşirdi.

Bu kabi mahorat darslari qamrovini keskin oşiriş maqsadida, joriy yilning 29 aprel – 2 may kunlari “Yangi Özbekiston“ universitetida ta’lim boşqaruvi, zamonaviy pedagogik öqitiş metodikalari, mustaqil ta’limni rivojlantiriş va samarali tadqiqot olib boriş kabi qator yönalişlarida mahorat darslari taşkil etilmoqda.

Mahorat darslari Massaçusets texnologiya institutining quyidagi mutaxassislari tomonidan olib boriladi:

– Vijay Kumar – vitse-prezidenti katta maslahatçisi;

– Jon Brizon – Plazma fanlari va termoyadro kafedrasi boşliği va “MIT-SUTD” hamkorlik markazi direktori;

– Josef Deyron – liderlik va ijtimoiy fanlar olimi;

– Katerina Bagiati – STEM ta’lim dasturi böyiça boş tadqiqotçi olim;