Yiğilişda Myunxen texnika universiteti (TUM), Robert Bosch GmbH, Nexperia, STADA Arzneimittel AG, Berlin University Alliance vakillari, şuningdek, Energetika vazirligi, «Özkimyosanoat» AJ, Olmaliq KMK, «Özsanoatqurilişbank», ADM Global, Uzum, TBC va Octobank rahbarlari iştirok etdi.

photo_2026-10-01_19-07-22
Foto: Yangi Özbekiston universiteti

Muhokamalar markazida universitetlar dasturlarini sanoat ehtiyojlariga yanada yaqinlaştiriş, qöşma ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oşiriş hamda ilmiy işlanmalarni real sektorga joriy etiş masalalari böldi.

Davlat rahbarining taʼlim sohasi vakillari bilan uçraşuvida taʼkidlanganidek (https://president.uz/uz/lists/view/9678), oliy taʼlim muassasalarining kuzatuv kengaşlariga ilğor xorijiy va mahalliy kompaniyalarni aʼzo sifatida jalb etiş muhim vazifalardan biridir. Yangi Özbekiston universitetida bölib ötgan uşbu uçraşuv oliy taʼlim muassasalari faoliyatiga yetakçi mahalliy va xorijiy kompaniyalarni keng jalb etiş, taʼlim, ilm-fan va işlab çiqariş örtasida mustahkam hamkorlikni şakllantirişga qaratilgan strategik vazifalarning amaliy ifodasidir.