Yangi Özbekiston universitetining Yangi Toşkentda qurilayotgan binolari 2027 yilda foydalanişga topşirilişi reja qilingan.

Prezident matbuot xizmati xabariga köra, universitet kampusining dastlabki qiymati 200 mln dollar bölib, 50 gektar maydonni qamrab oladi.

Loyiha Yangi Toşkent şahrini barpo etiş direksiyasi buyurtmasi asosida, turkiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda işlab çiqilgan. Quriliş işlarini “Özgüven” kompaniyasi amalga oşiryapti.

Majmua tarkibida 10 ming talabaga möljallangan 5 ta fakultet, rektorat, ming örindan ortiq joyga ega kutubxona, muzey, körgazmalar zali, multimedia xonalari barpo etiladi.

Şuningdek, talabalar uçun ming örinli sport majmuasi va suziş havzasi, professor-öqituvçilar va talabalarga möljallangan 2 ming örinli yotoqxonalar hamda oşxonalar quriladi.

“Uşbu universitetda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari, ta’lim dasturlari boşqa oliy öquv yurtlari uçun andoza bölişi kerak”, – dedi 30 dekabr kuni quriliş işlari bilan tanişgan prezident Şavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari boşqa oliy öquv yurtlarini ham şu tarzda ta’mirlaş, jihozlaş, ta’limga ilğor texnologiyalarni jalb etiş yuzasidan körsatmalar bergan.

Eslatib ötamiz, Yangi Özbekiston universiteti 2021 yil 23 iyundagi prezident qaroriga asosan taşkil etilgan. Qarorga binoan, binosi qurilgunga qadar oliygoh Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti infratuzilmasidan foydalanib turibdi.

Milliy kutubxona

Davlat rahbari Yangi Toşkentdagi 4 gektar maydonda Özbekiston Milliy kutubxonasining yangi binosi qurilişini ham közdan keçirdi.

4 qavatli binolarning umumiy maydoni 30 ming kvadrat metrdan ziyod bölib, bir vaqtning özida 1420 nafar kitobxonga xizmat körsatiş imkonini beradi.