Argentina deputatlar palatasi mamlakat prezidenti Xaver Miley tomonidan taklif etilgan, keng qamrovli tejamkorlik çoralarini nazarda tutuvçi munozarali islohotlar paketini qöllab-quvvatladi. 30 aprel kuni Argentina parlamenti quyi palatasi a’zolari uşbu qonunçilik paketining barça moddalarini, jumladan, keng kölamli xususiylaştiriş va ijtimoiy nafaqalarni qisqartirişni ma’qulladi.
Islohotlarning qisqartirilgan paketi
Şu tariqa, ultra-liberal Argentina prezidentining islohotlar paketi parlamentdagi muhim tösiqni yengib ötdi. Tört oylik hokimiyatda bu Mileyning deputatlar palatasidagi birinçi muvaffaqiyati. Uning ilgari taklif qilgan 644 moddadan iborat töplami parlamentda mağlubiyatga uçradi. Hukumat navbatdagi muvaffaqiyatsizlikka yöl qöymaslik uçun endi 267 moddani öz içiga olgan islohotlar paketini sezilarli darajada qisqartirdi.
Munozaralar va ovoz beriş çoğida parlament oldida kasaba uyuşmalari tomonidan uyuştirilgan ommaviy norozilik namoyişlari bölib ötdi. Ovoz berişdan keyin Xaver Miley natijalarni olqişladi. «Bu Argentinani botqoqlikdan olib çiqiş uçun birinçi qadamdir», deb yozgan u ijtimoiy tarmoqda. Yakuniy qabul qiliş uçun yuqori palata, Senat ma’qullaşi kerak.
Mileyning islohot rejalari
2023 yil dekabr oyida lavozimga kirişgandan söng, Libertarlar partiyasi rahbari Xaver Miley Argentina iqtisodiyotini qayta tiklaşga qaratilgan keng qamrovli islohotlarni e’lon qildi. U Argentina pesosini 50 foizga devalvatsiya qiliş, mehnat qonunçiligini zaiflaştiriş, energiya, suv va transport uçun subsidiyalarni qisqartiriş va infratuzilma loyihalarini töxtatiş rejalarini e’lon qildi. Boşqa narsalar qatorida, qonunçilik paketi hukumatga davlat kompaniyalarini, şu jumladan Aerolineas Argentinas aviakompaniyasini xususiylaştiriş huquqini beradi.
Davlat rahbari islohotlarning dolzarbligini ta’kidlab, amaldagi qoidalar iqtisodiy ösişga tösqinlik qilayotganini ta’kidladi. Miley hukumatning fuqarolar hayotiga minimal aralaşuvi ğoyasini qöllab-quvvatlaydi. Prezident rejalari muxolifat tomonidan tanqid qilinmoqda va ularning amalga oşirilişiga qarşi ommaviy norozilik namoyişlari bölib ötmoqda.













