AQŞ Moliya vazirligi rossiyalik 29 nafar jismoniy va 250 dan ortiq yuridik şaxsni sanksiyalar röyxatiga kiritdi. Bu haqda vazirlik veb-saytida xabar berildi.

Şuningdek, 16 ta kema va Rossiyaning radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik mudofaa qöşinlariga, Mudofaa vazirligining ilmiy-tadqiqot institutlariga ham sanksiyalar joriy etildi.

Sanksiyalar röyxatiga «Pobeda» aviakompaniyasi ham kiritildi, çunki kompaniya «Rossiya iqtisodiyoti sektorida harbiy-sanoat bazasini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan faoliyat bilan şuğullanadi». 

Şu bilan birga, «Lanit» korporatsiyasi, Ural avtomobil zavodi, Bryansk avtomobil zavodi, Yaroslavl motor zavodi, «Sibantratsit» tizimiga kiruvçi kompaniyalar ham sanksiyaga duçor bölgan.

Turkiya, BAA va Xitoy kompaniyalari ham Rossiyaga qarşi sanksiyalar röyxatiga kiritilgan. 

«Pobeda» - Rossiyaning loukoster (arzon narxli) aviakompaniyasi bölib, «Aeroflot-Rossiya» tarkibiga kiradi. Qarorgohi Vnukovo (Moskva) aeroportida joylaşgan. Aviakompaniya Moskva — Toşkent —   Moskva, Moskva — Samarqand — Moskva, şuningdek, Sankt-Peterburg — Samarqand — Sankt-Peterburg yönalişi böyiça parvozlarni amalga oşirmoqda.