Jarayonning birinçi bosqiçida pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti böyiça bilim darajasi baholanadi. Bunda pedagoglarga mutaxassislik fani böyiça 35 ta hamda kasbiy standartlariga oid 5 ta test savollari beriladi. Ikkinçi bosqiçda esa pedagogik mahorati baholanadi. Bunda pedagogik mahoratni aniqlaş maqsadida 10 ta savol-topşiriq beriladi. 

Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligining Ta’lim taşkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş bölimi boşliği Sardor Rahimboyev testda tuşayotgan savollarning darajasi, validligi haqida gapirib berdi. 

"Bu yilgi savollar Pedagogik mahorat markazi tomonidan xorijiy, mahalliy ekspertlar jalb qilingan holda testologiya me’yorlar asosida tuzildi. Buning spetsifikatsiyasi va foydalanilgan darslar röyxati test boşlanişidan 1 oy oldin vazirlikning rasmiy saytida e’lon qilingan. Biz testlarning validligini tekşiriş uçun test boşlanişidan 2-3 hafta oldindan boşlab öqituvçilarga onlayn test sinovlaridan ötiş imkonini berib, istagan nomzod xohlagan joyida kirgan holda testlarni topşirib, validligini tekşiriş imkoniyati böldi. 

Bundan taşqari, biz Toşkent şahrida 3 marta, respublikada 2 marta barça öqituvçilar orasida bugungi kunda bölayotgan vaziyatni sinovdan ötkazdik. Ya’ni bunda öqituvçilarni taklif qilgan holda veb-kameralardan ötib, savollarning natijalarini körib ketişgan. Bildirilgan fikr-mulohazalariga qarab savollar takomillaştirilgan, jarayon tartibga solingan", – dedi u.  

Qöşimça qilinişiça, attestatsiya imtihonlariga qöyilgan savollar Singapur, BAA, Janubiy Koreyadan kelgan çet ellik mutaxassislar, Pedagogik oliy ta’lim muassasalarining professor-öqituvçilari, ixtisoslaşgan, prezident, ijod maktablarining ustozlari, umumta’lim muassasalarining tadqiqot olib boruvçi pedagoglari bilan tayyorlangan.  

Şuningdek, mas’ul vakil test sinovigaça bölgan jarayon qanday taşkil etilgani va bu tartibni buzgan iştirokçilarga qanday çora körilişini tuşuntirdi.  

"Bu jarayonda öqituvçiga köriladigan eng oğir jazoning özi – testdan çetlaştiriş. Ya’ni pastda guvohi böldingiz, öqituvçilarning aloqa vositalarini olib qoliş uçun maxsus joylar qilingan, agar şu jarayondan yaşirinça olib ötilsa, boşqa öqituvçilarga nisbatan adolatsizlik böladi. Şu sababli belgilangan tartibga binoan har qanday imtihonda yordamçi qöşimça vositalardan foydalaniş taqiqlangan.