Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga ğarb quruqlikdagi qöşinlarini Rossiyani tiyib turiş vositasi sifatida yuboriş imkoniyatini tasdiqlab, uşbu mavzu böyiça muhokamalarni jonlantirib yubordi. «Agar ruslar front çiziğini yorib ötsa, Ukrainadan sörov bölsa, biz haqli ravişda qöşin yuboriş töğrisida savolni berişimiz kerak. Bugungi kunda bunday bölmayapti» dedi u 2 may, payşanba kuni çop etilgan Britaniyaning The Economist jurnaliga bergan intervyusida. 

Fransiya rahbari ittifoqçilarni bunday ssenariyni istisno qilmaslikka çaqirdi, çunki bu «Yevropa Ittifoqi xavfsizligi va nufuzining asosiy şarti» bölib xizmat qiladi. Uning sözlariga köra, Yevropaning Rossiyaning keyingi tajovuzini töxtata olişi «qizil çiziqlar bölmasligi»ga boğliq. Makronning eslatişiça, Fransiya öz qöşinlarini Afrika davlatlari rahbarlari söraganda yordam beriş uçun yuborgan edi. 

Rossiyani tiyib turişning ahamiyati 

«Bizning vakolatimiz tiyib turiş qobiliyatiga boğliq. Bunda, nima qilayotganimizni yoki nima qilmoqçi ekanligimizni oşkor qilmasligimiz lozim. Men heç narsani istisno etmayman, çunki biz heç narsani istisno qilmaydigan odamga duç keldik», dedi Makron Rossiya prezidentini nazarda tutib.

Ğarb davlatlari ötmişda Ukrainaga tank va samolyotlar yuborişni istisno etib, juda ikkilanib kelgan, dedi Makron. «Biz öz vakolatimiz va Rossiyani tiyib turişimiz kontekstida notöğri iş qildik», dedi Fransiya prezidenti va Rossiyaning fevral oyida Ukrainaga Ğarb qöşinlarini yuboriş ehtimoli haqidagi sözlariga «tajovuzkor munosabati» bunday pozitsiya samaradorligini körsatganini ta’kidladi. 

Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ğarb qöşinlarini Ukrainaga yuboriş Rossiya va NATO örtasida töğridan töğri mojaroni muqarrar qilib qöyişini aytgan edi.