«Çegara bilmas muxbirlar» xalqaro nodavlat taşkiloti 3 may – Jahon matbuoti erkinligi kunida har yillik an’anaviy matbuot erkinligi indeksini e’lon qildi. 2024 yil yakunlari böyiça tuzilgan reytingda Özbekiston 11 poğonaga pasayib, 180 davlat orasida 148-örinni egallagan.

Xalqaro kuzatuvçilar 2024 yil böyiça Özbekistondagi OAV erkinligi holatini 100 balldan 37,27 ballga baholagan.

Metodologiya böyiça dunyo mamlakatlaridagi OAV erkinligining holati beş xil indikator: siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy va xavfsizlik nuqtayi nazardan baholangan. Ötgan yil bilan taqqoslanganda, indeksda Özbekistonning örni siyosiy indikator böyiça 20 poğonaga, huquqiy indikator böyiça 17 poğonaga, iqtisodiy va xavfsizlik indikatorlari böyiça 9 poğonaga yomonlaşgan. Faqatgina ijtimoiy indikator böyiça 2 poğona ösişga erişilgan.

«2016 yilda prezident Islom Karimovning ölimidan keyin ommaviy axborot vositalari uçun vaziyat birozgina yaxşilangan, ammo davlat hokimiyatini tanqid qiliş qiyinligiça qolmoqda», – deyiladi hisobotda.

«Çegara bilmas muxbirlar» Özbekistondagi vaziyatni tasvirlar ekan, rasmiylar ommaviy axborot vositalariga qarşi repressiv qonunlarni tugatiş uçun zarur bölgan islohotlarni haligaça amalga oşirmaganini qayd etgan. Senzura, kuzatuv va öz-özini çeklaş keng tarqalgan. Mustaqilligini saqlab qoliş va katta jarimaga tortiliş xavfi ostida ayrim mahalliy internet naşrlar OAV sifatida rasman röyxatdan ötişni istamasligi keltirilgan. Davlat OAV va hukumat bilan aloqalarga ega bir neça blogerlarni sezilarli darajada nazorat qilişiga ham urğu berilgan. Şuningdek, rasmiy matbuot yoritolmaydigan mavzular ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinişi, aholining 60 foizini 30 yoşgaça bölgan yoşlar taşkil etuvçi mamlakatda ijtimoiy tarmoqlar rasmiy OAVda kam yoritiladigan korrupsiya muammosi haqida axborot almaşiladigan maydonga aylanganiga urğu berilgan.

«Çegara bilmas muxbirlar» bloger Otabek Sattoriy işi va 2022 yil yozida Qoraqalpoğistondagi namoyişlarni yoritgan jurnalistlarga nisbatan bölgan bosimni ham eslab ötgan.

 Indeksda mamlakatlar söz erkinligi bilan boğliq vaziyat «yaxşi», «qoniqarli», «muammoli», «oğir» va «juda jiddiy» guruhlarga bölingan. Ekspertlar Özbekistonda söz erkinligi böyiça vaziyatni «oğir»dan «juda jiddiy»ga özgartirişgan.