Çilonzor tumanida daraxt qulaşi oqibatida 1 yoşli bola vafot etgani holati yuzasidan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Boş prokurorning matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi 3-qismi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni ötkaziş maqsadini közlab işlab çiqariş, saqlaş, taşiş yoxud ötkaziş, işlar bajariş yoki xizmatlar körsatiş) bilan jinoyat işi qözğatildi. Ötkazilgan tekşirişda suv quvurlarini ta’mirlaş işlarini amalga oşirayotgan işçilar xavfsizlik çoralariga rioya qilmasdan, maxsus texnika yordamida qaziş işlarini olib borişgani, buning oqibatida bir tup darahtning ildizi oçilganligi va öz vaznini kötara olmay yiqilganligi aniqlangan.
Ma’lumot uçun, Jinoyat kodeksining 186-moddasi 3-qismiga köra iste’molçilarning hayoti yoki soğliği xavfsizligi talablariga javob bermaydigan işlar bajariş yoki xizmatlar körsatiş odamlar ölimiga (“a” bandi) yoki boşqaça oğir oqibatlarning kelib çiqişiga (“b” bandi) sabab bölsa 7 yildan 12 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Eslatib ötamiz, 3 may kuni soat 11:50 atrofida Çilonzor tumanning 5-mavzesida 55 yoşli enaga Ye.M. bolalar aravaçasida 2023 yilda tuğilgan A.P.ni olib ketayotganida daraxt bosib qolgan. Oqibatda qizça hodisa joyida vafot etgan.
Kun.uz hodisa sabablarini örgandi. Suriştiruvda daraxt qulaşiga Veolia Energy Tashkent issiqlik yetkazib beriş kompaniyasi xodimlari va boşqa mas’ul idoralarning mas’uliyatsizligi hamda harakatsizligi sabab bölgani oydinlaşgandi.









