"Dunyo" xabariga köra, taşrif davomida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantiriş, milliy mahsulotlar eksporti hajmini oşiriş va mamlakat iqtisodiyotiga töğridan töğri investitsiyalarni jalb qiliş böyiça muzokaralar olib borildi.

Xususan, Riga merining örinbosari Linda Ozola bilan keçgan uçraşuvda savdo-iqtisodiy, investitsiya, turizm, ta’lim va madaniyat sohalaridagi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi. Yakunda Riga şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan madaniy tadbirlarda Farğona viloyati vakillarining iştirokini ta’minlaş töğrisida kelişib olindi.

Mamlakat delegatsiyasi a’zolari, şuningdek, Riga erkin porti (REP) direktori örinbosari Edgars Suna bilan muzokaralar olib bordi. Unda Latviya va Yevropa Ittifoqining boşqa mamlakatlariga Özbekiston mahsulotlari eksportini oşiriş, jumladan, port terminali infratuzilmasidan faol foydalaniş masalasi muhokama qilindi. Özbekistonlik tadbirkorlar tomonidan REP hududidagi omborxona binolarini sotib oliş yoki ijara asosida foydalaniş, ularga imtiyoz va preferensiyalar beriş masalalari körib çiqildi. Edgars Suna uşbu masalada port rahbariyati yordam berişga tayyorligini bildirdi. 

Uçraşuv sönggida qisqa vaqt içida tomonlar örtasida özaro hamkorlik memorandumini imzolaş böyiça kelişuvga erişildi.

Delegatsiyaning Riga şahridagi Özbekiston savdo uyiga taşrifi davomida ikki davlat tadbirkorlari örtasida B2B formatidagi uçraşuv bölib ötdi. Tadbirda Özbekiston, jumladan, Farğona viloyatining investitsiyaviy va eksport salohiyati haqida ma’lumot berildi. Muzokaralar natijasida Latviya bozoriga qişloq xöjaligi, maişiy kimyo, qandolat va töqimaçilik mahsulotlarini yetkazib beriş böyiça kelişuvlarga erişildi. Xususan, 25 million dollarlik eksport şartnomalari tuzildi.