Toşkentda köp yillik daraxt qulab tuşdi. Oqibatda 1 yoşli bola nobud böldi, bir ayol jarohatlandi, yana bir fuqaroning qimmatbaho avtomobiliga zarar yetdi. Kun.uz hodisa sabablarini örgandi. Suriştiruvda daraxt qulaşiga Veolia Energy Tashkent issiqlik yetkazib beriş kompaniyasi xodimlari va boşqa mas’ul idoralarning mas’uliyatsizligi hamda harakatsizligi sabab bölgani oydinlaşdi.
3 may kuni tarmoqlarda Toşkentning Çilonzor tumani 5 mavzesi Körkam mahallasida köp yillik daraxtning qulaşi oqibatida 1 yoşli qizaloq vafot etdi. Qizaloq bilan sayrga çiqqan enagasi esa tan jarohati oldi. Kun.uz muxbiri hodisa sodir bölgan hududda bölib, tafsilotlarni örgandi.
Şu yerdagi çiqindixona xodimining aytişiça, daraxt qulagan vaqtda bola va ayolning ustiga kattagina şox kelib tuşgan.
“Men [çiqindixonada] işlayotgandim, qarsillagan tovuş eşitildi. Qarasam, bir ayol “kolyaska”da bolaçasi bilan narigi betdan kelayotgan ekan. Men körgandim kelayotganini, qarsillagan vaqtda körsam, daraxt qulabdi. Bitta novdaçasi kelib enagasi bilan bolaga tuşdi. Ayolning yelka va qölini siyirib [şilib], bolaning boşiga tuşdi. Bolaning yuzi köm-kök bölib qoldi.
Tez yordam kelgunça bola tipirçilab ölib qoldi. Bolaning onasini telefon qilib çaqirişdi, yoşgina qiz işdan yetib keldi”, – dedi voqeaga guvoh erkak.
Daraxtning qulaşi oqibatida hududda yaşovçi fuqarolardan birining mulkiga ham zarar yetgani ma’lum qilindi.

“Soat 12 larga yaqin qöşnim avtomobilim ustiga daraxt tuşgani haqida telefon qildi. Çiqdim, qarasam avtomobil ustiga daraxt tuşgan, “kolyaska”da bir yoş bola ölgan, joyida 1 yoşli bola vafot etgan.
Mana endi kelib joyni öraşyapti, 5 kun oldin qazib ketişgandi. Iş boşlaşdan oldin qiliş kerak edi-ku hamma işni. Daraxt yaxşi turgandi, ekskavator kovlagandan keyin ildizi bilan ağanab tuşgan”, – deydi avtomobiliga zarar yetgan fuqaro.
“Issiqlik tizimini ta’mirlamoqçi bölişgan, suv oqqan, şuni tuzatmoqçi bölişgan. Kelsam şu holat, bir narsa deya olmayman, men ham şokdaman.
Toşkent şahar ekologiya boşqarmasiga qurigan daraxtlarni kesiş böyiça sörov yuborilgan. Mahalla “obod mahalla” dasturiga tuşgan, har bir qurigan daraxt böyiça sörov berilgan. Navbat-navbat bilan kesib, tayyorlab kelişgan edi”, – dedi “Texno hudud” BSK rahbari Alimardon Valijonov.
Toşkent şahar botanika boği bölim boşliği Atirgul Xolmirzayevaning aytişiça, qulab tuşgan daraxtning yoşi juda katta bölib, u ildiz qismidan çirib bölgan, yuqori şoxlari esa qurib ketgan.
Mutaxassisga köra, köp yillik daraxt bir kunmas bir kun qulab tuşişi aniq edi, ammo bu holatda mas’ullarning ehtiyotsizligi oqibatida jarayon tezlaşib ketgan.

“Bu daraxtning biologik yoşi tugagan, oxirgi yillarini yaşayotgan bölgan. Birinçidan buning tagi issiq suv, parlanib yotganini köryapsizmi? Bu par qayerga boradi, daraxtga boradi. Özi tamom bölib turgan daraxtni battar çiritib yuborgan. Uning taglarida uşlab turadigan ildizi yöq. Ildizlari çirigan, tagi yumşatilganidan keyin oğirlik şoxlari tomon qulagan. Ildizi uşlamaganidan keyin qayer oğir bölsa, öşa yerga qarab egilib ketgan.
Endi bularda ham ayb bor, şu jarayonni amalga oşirayotganda bu yerga odam kelmasligi uçun atrofiga muhofazalovçi narsalarni qöyişi kerak edi. Yoki şu yerda yaşovçi odamlardan qöyib, bu yerda yurmasligini ta’minlaşi kerak edi.
Şaharda bunaqangi yoşi katta daraxtlar juda köp. Şuning uçun Ekologiya [vazirligi] ekspert komissiya qiladimi, boşqa qiladimi, botanika boği, örmon xöjaligidan vakillar bilan yurib, şu daraxtlarning hammasiga xulosa berişi kerak. Bölmasa, bunday holatlar bölaveradi”, – dedi Xolmirzayeva.
Tahririyat manbasining ham tasdiqlaşiça, voqeada daraxt oldini qazib, hududni muhofaza qilmagan mas’ullar aybdor. Hatto jarayonda daraxtning yonini qaziş uçun tegişli taşkilotlardan ruxsat ham olinmagan bölişi mumkin.

Suriştiruvimiz davomida hududga Çilonzor tumani hokimiyati vakillarining kelganini ham payqadik. Ammo izoh olişga uringanimizda mutasaddilar birdaniga yöq bölib qolişdi. Hokimiyat vakili bilan sayr qilib yurganlar esa tadbirkor ekanini, mahalladagi yerlarni örganib yurişganini ma’lum qildi.
Kun.uz holat yuzasidan Çilonzor tumani ekologiya bölim boşliği Dilşod Sadirov boğlandi. Uning aytişiça, hozirda holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda, xulosa asosida qöşimça ma’lumot taqdim qilinadi.
Ayni vaqt holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Dilşoda Şomirzayeva
Abduqodir Tölqinov
Asror Almurodov
Kun.uz









