Ukrainada 4 may, şanba kuni safarbarlik töğrisidagi yangi qonunning ayrim qismlari kuçga kiradi. Şu kundan boşlab kuçga kiradigan yangiliklardan biri harbiy xizmatga «çeklangan yaroqli» maqomining bekor qilinişidir. Buning örniga «yaroqsiz» toifasi va törtta «yaroqli» toifasi kiritiladi.
Xususan, bu - töliq yaroqli; harbiy oliy öquv yurtlarida, hududiy şakllantiriş markazlarida, ta’minot bölinmalarida, muassasalarda, taşkilotlarda xizmat qiliş uçun yaroqli (lekin hujum qöşinlarida, dengiz piyoda safida, maxsus operatsiyalar kuçlarida, maxsus kuçlar bölinmalarida va boşqalarda xizmat qiliş uçun yaroqsiz); muayyan mutaxassisliklar uçun yaroqli (masalan, harbiy universitetga kiriş uçun nomzodlar); muayyan vazifalar uçun yaroqli.
«Çeklangan yaroqli» maqomiga ega bölgan barça erkaklar 60 kun içida hududiy şakllantiriş markazlari (HŞM)da öz ma’lumotlarini yangilaşlari, şuningdek, 2024 yil oxirigaça yana tibbiy körikdan ötişlari kerak.
Ukrainada safarbarlik töğrisidagi qonun 18 maydan töliq kuçga kiradi
Ukraina Mudofaa vazirligi soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Oksana Suxorukovaning sözlariga köra, harbiy-tibbiy komissiyalar töğrisidagi buyruqda şaxsning harbiy xizmatga yaroqli yoki yaroqsizligini aniqlaydigan yangi mezonlar kiritilgan. Ularda bir neça ming taşxis mavjud. Yangilangan tartib 18 maydan kuçga kiradi.
Şu kuni «Safarbarlik töğrisida»gi qonun töliq kuçga kiradi. Uning loyihasida 36 oylik harbiy xizmatdan söng demobilizatsiya va rotatsiya töğrisidagi nizom bor edi. Ukraina Qurolli kuçlari qömondonligining iltimosiga köra, uşbu normalar qonun loyihasidan olib taşlandi, ular 2024 yil oxiriga qadar alohida qonun bilan tartibga solinişi rejalaştirilgan.
Qonunga köra, harbiy xizmatni ötaşga majbur bölgan barça şaxslar 2024 yil 17 iyuldan boşlab öz guvohnomalarini yangilaşi, 18 yoşdan 60 yoşgaça bölgan barça erkaklarning harbiy guvohnomasi yoki vaqtinçalik harbiy xizmatni tasdiqlovçi guvohnomasi bölişi şart. 18 yoşdan 25 yoşgaça bölgan ukrainaliklar uçun harbiy xizmat tinçlik davrida beş oygaça, uruş davrida esa uç oygaça bölgan asosiy xizmatga almaştiriladi.
Aprel oyida safarbarlikka tortiladiganlarning yoşini 27 yoşdan 25 yoşgaça pasaytiruvçi qonun kuçga kirdi. Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi avvalroq xabar berganidek, harbiy röyxatga oliş idoralari aprel oyining birinçi yarmida 25 yoşga tölganlarga çaqiruv qoğozlarini berişni boşladi.













