«Olimpiada yöllanmasi uçun keçgan Osiyo kubogida 23talik röyxatdan foydalangan bölsak, endi Parijdagi turnir uçun 18 nafar futbolçini olib keta olamiz. Ulardan ikki nafari darvozabon bölsa, 16 nafari maydondagi öyinçilar bölişi kerak. Bu ham men uçun öziga xos boşoğriği böladi. Ha, milliy jamoa öyinçilarini 35talik kengaytirilgan röyxatga berganman. Olimpiada yaqinlaşgani sari kim qanday holatda bölişini inobatga olib, tarkib qisqarib boraveradi. Parij-2024 öyinlari FIFA kunlarida emasligini ham inobatga olişimiz kerak böladi. Sababi yana legionerlar muammosi çiqişi mumkin. Ha, öşa payt çempionatlar hali boşlamagan böladi, baribir tarkib masalasi Olimpiadaga yaqin aniqlanadi. Biz 18 nafar individual kuçli, universal öyinçini olib borişimiz kerak. Har bir çiziqda ikkitadan öyinçi ololmasligimiz bois, ikkita pozitsiyada öynay oladigan universal öyinçilar ham kerak böladi.
Tarkib uçun yoşi katta öyinçilardan kimlarni çaqirmoqçiman? Kengaytirilgan tarkibga milliy jamoa asosiy tarkibini deyarli hammasini qöşdim. Ya’ni, Sreçko Katanets qöl ostida öynab yurgan 10 nafar asosiy öyinçini röyxatga kiritdim.
Şomurodov bormi? Eldor albatta böladi bunday tarkibda. Manimça, Eldor istalgan jamoaga yordam bera oladi. Şomurodovni çaqirişni iloji bölsa, nega bundan foydalanmasligim kerak? Bitta masala-da, gap – yoşi katta yoki kiçikda emas, hamma gap – oldimizga qöyilgan vazifada va uni bajarişda!», - deydi Temur Kapadze «Sport» telekanalining «Bizning futbol» dasturidagi intervyusida.
Eslatib ötamiz, Parij-2024 Olimpiadasi 26 iyuldan 11 avgustga qadar bölib ötadi. Özbekiston S guruhida Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasi bilan öynaydi.













