Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyi Temur Kapadze öz örniga xorijlik murabbiy kelişi haqidagi gaplar yuzasidan yana bir bor munosabat bildirdi.

«Bu [mavzu] odamni sovitadi. Xonada ötirasiz, işlaş kerak, maşğulot bor, yigitlarga gapiradigan gaplarim bor… yoqimsiz [hissiyot]. Motivatsiyani menga xalq berdi, ayrim jurnalistlar berdi.

Albatta, bu [gap-sözlar] ta’sirini körsatdi. Futbolçilar ham internetda köryapti, ular ham „Aka, nima bölyapti?“ deb savol beraverdi. Yoqimsiz holat. Turnirdan avval tayyorlaşim kerak, bu yerda esa bunday narsalar bölyapti

Hammasini rasmiy izoh orqali tartibga solsa bölardi. Agar xorijlik murabbiy jalb qilişmoqçi ekan, kiçik matbuot anjumani taşkillaştirib „Jahon çempionati tajribasiga ega murabbiy qidiryapmiz. Temurga qilgan işlari uçun rahmat“ deb aytib qöyişsa bölardi.

Hamma menga savollar beraverdi. Şu tomondan Özbekiston futbol assotsiatsiyasi meni qiynab qöydi. Ehtimol, özlari ham hali yakuniy qarorga kelişmagandir.

Agar top darajadagi xorijlik murabbiy kelsa, qarşiligim yöq. Uning yonida yurib, kör narsa örganişim mumkin», –degan Kapadze Oriat Dono radiosidagi «Futbol+» körsatuvida.

U özbek murabbiylari ham Jahon çempionatida tajriba ortirişi kerakligini gapirdi.

«Har bir musobaqa, jumladan, CAFA ham bizga yaxşi tajriba böldi. Qayerdadir xato qilasiz, keyin tahlil qilasiz, tajriba şunday keladi-da. Jahon çempionatida bölmasa, tajribani qayerda yiğamiz. Maqsad çempion böliş bölmasa, mayli, guruhdan çiqiş bölsin, lekin öşa tajriba ham foydali böladi-ku. Men, balki boşqa özbek murabbiyi bölişi mumkin, tajriba şu yerda [Jahon çempionatida] yiğiladi-ku. Yiğilgan tajriba şu yerda – özbek futbolida qöllanadiku», – dedi Kapadze.

Kapadze örniga nomzodlar

Sönggi vaqtlarda Özbekiston milliy jamoasi boşqaruviga xorijlik murabbiy olib kelinişi haqida xabarlar çiqmoqda. Avvaliga Özbekiston futbol assotsiatsiyasi 2014 yil Germaniyani jahon çempioniga aylantirgan Yoaxim Lyov bilan muzokaralar olib borgan, yakunda tajribali mutaxassis bu taklifni rad etgandi. Turkiyalik Fotih Terim haqida ham xabarlar çiqdi, ammo bu variant muzokaralar darajasiga yetib bormadi.