Öz «Lester»ini izlayotgan murabbiy. Fabio Kannavaro haqida
|14:00 / 09.10.202520 08915 min
Murabbiylik tarixida katta natijalari bilan maqtana olmaydigan mutaxassis nihoyat öz sözini ayta oladimi? Uning tayinlanişining qanday afzalliklari bor?
Foto: Olimpiya qömitasiFoto: Olimpiya qömitasi
Nihoyat Özbekiston milliy jamoasi öz tarixidagi birinçi jahon çempionatiga qaysi murabbiy qöl ostida borişi ma’lum böldi. ÖFA italiyalik Fabio Kannavaroni yangi boş murabbiy sifatida rasman e’lon qildi va uning iştirokida matbuot anjumani taşkil qilindi. Şartnoma 2+3 şaklida tuzilgan bölib, sobiq boş murabbiy Temur Kapadze ham kamida jahon çempionati tugagunça Kannavaroga yordamçilik qiladi.
Fabio Kannavaro kim?
Fabio Kannavaroni yoş futbol muxlislari yaxşi tanimasligi mumkin. U asr boşlarida dunyoning eng yaxşi himoyaçilaridan biri bölgan, «Oltin töp»ga loyiq körilgan sönggi himoyaçi bölib turibdi. «Yuventus» tarkibida Italiyaning, «Real» tarkibida Ispaniyaning ikki karra çempioni hisoblanadi. «Parma» bilan UYeFA kubogi sohibi bölgan. Uning eng katta yutuği esa albatta, «skuadzurra» bilan 2006 yil Germaniyada ötgan mundialdagi zafardir. Fabio Kannavaro öşa jamoaning sardori edi va aynan şu çempionlik tufayli yil oxirida Zidan, Ronaldinio kabi futbolçilar bilan raqobatda «Oltin töp»ni qölga kiritgan.
Vadim Abramov haq – «afsuski, Kannavaro Özbekistonda futbol öynamaydi, balki murabbiylik qiladi». Kannavaro qanday murabbiy degan savol biz muhim muhimroq, zero amaliyotga qaralsa, eng yaxşi futbolçilar murabbiy sifatida muvaffaqiyat qozona olmasligi yoki aksinça, futbolçilik paytida örtaça, heç kim tanimagan şaxslar keyinroq top murabbiy bölişi holatlari juda köp. Özbek futbol muxlislarini eng köp xavotirga solayotgan jihat ham mana şu – Kannavaro 2014 yilda faoliyatini tugatib, murabbiylik sohasiga kirib kelgan bölsa-da, ötgan vaqt içida uning «piçoqqa ilingulik» natijalarini topa olmaymiz. Tabiiyki, hatto jahon çempioni Yoaxim Lyovga qarşi bölgan, Paulu Bentuning Kapadzedan ustun jihatlarini tan olmagan özbek futbol jamoatçiligi uçun yakunda Kannavaroning tayinlanişi boşdan «sovuq suv quyib yuborgandek» böldi.
Fabio Kannavaroning mustaqil murabbiylik faoliyati 2014 yilda Xitoyning «Guançjou Evergrand» klubida boşlangan. 2015/16 yillar mavsumida u Saudiyaning «An-Nasr» klubi murabbiyi sifatida işlagan, ammo mavsum yakuniga yetmasdan iste’foga çiqarilgan. Sabab sifatida jamoada ösiş kuzatilmayotgani va qöyilgan vazifalar bajarilmagani körsatib ötilgan.
2016 yil yozida Fabio Xitoyning boşqa jamoasi «Tiyanszin» bilan şartnoma imzolaydi. Jamoa Kannavaro boşçiligida Superligaga çiqib, ilk mavsumida 3-örinni qölga kiritadi. Ammo şuni ham aytiş kerakki, Kannavaro kelganida jamoa deyarli Superligaga çiqişga yaqin qolgan, jamoa tarkibi esa ança kuçaytirilgandi. Klub yangi homiy yordamida kuçayişni boşlagan va 2016 yil boşida 40 million (Xitoyda 3-körsatkiç) yevro sarflab, tarkibiga Jadson, Luis Fabiano kabi maşhur futbolçilarni olib kelgandi. Öşa mavsum yakuniga köra Kannavaro Xitoyning eng yaxşi murabbiyi sifatida e’tirof etildi.
Mavzuga oid
2017 yilda u yana «Guançjou»ga qaytadi va jamoa bilan 2018 yilda Xitoy Superkubogini, 2019 yilda çempionlikni qölga kiritadi. Kannavaro uşbu klubda 2021 yil kuzigaça işlaydi, orada esa Xitoy milliy jamoasiga ham jalb qilinadi. Ammo ikki oyga bormay Fabio Xitoy milliy jamoasidan iste’foga çiqarilgan.
Kannavaroning 2021-2025 yillarda Yevropaga qaytişi ham köngildagidek keçmagan. «Benevento», «Udineze», şuningdek Xorvatiyaning «Dinamo» Zagreb klubidagi faoliyat uzoqqa çözilmagan va har safar bir yilga bormay iste’fo röy bergan. «Dinamo» bilan Fabio çempionatda 2-örinni olgan bölsa-da, bu qatorasiga 18 yildan beri çempionlikni boşqaga bermagan klub uçun muvaffaqiyatsizlik edi. Şu bilan birga, Xorvatiyadagi faoliyatida Kannavaroning YeÇL guruh bosqiçida «Milan» ustidan qozongan ğalabasini (2:1) alohida qayd etiş mumkin.
Xulosa qiliş mumkinki, Kannavaroning faqat «Guançjou»dagi faoliyatiga qoniqarli baho beriş mumkin, boşqa loyihalar muvaffaqiyatli çiqmagan.
Nega Kapadze emas?
Aslida ÖFA tomonidan boş murabbiyni almaştiriş qarori ança avval, milliy jamoa jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritganidan keyinoq boşlangan. Hatto bundan ham oldin, Sreçko Katanets bilan şartnoma bekor qilingandayoq çet eldan boşqa murabbiy olib keliş fikri bölgani ehtimoli yuqori, şunçaki, u paytda oldinda rasmiy öyinlar kutib turgan, yöllanma masalasi hal qilinmagan palla edi. Qisqa muddatda, tağin muhim vazifa uçun jamoani qabul qilişga xorijlik murabbiy rozi bölmaydi. Şuning uçun jamoa tarkibiga eng yaqin bölgan variant sifatida Temur Kapadze vaqtinçalik murabbiy sifatida tanlangan. Öşa paytlardayoq Kapadze uning ÖFA bilan şartnomasi 2025 yil noyabrigaça ekanini aytgandi.
Ammo Kapadze milliy jamoani ança yaxşi boşqarib, belgilangan vazifani uddalagani, ayniqsa, Eron va Qatarga qarşi körsatilgan ança dadil va işonçli öyin uşbu murabbiyni futbol muxlislari, jurnalistlari, jamoatçiligi oldida bu vazifa uçun eng loyiq murabbiy sifatida gavdalantirdi. Uni almaştiriş, boşqa murabbiy olib keliş fikri mantiqan notöğridek tuyula boşladi. Buni nafaqat Kannavaro, balki ança tajribali Lyov yoki Bentu variantlari paydo bölganidagi salbiy reaksiyadan ham biliş mumkin. Ammo şunisi aniqki, ÖFAda jahon çempionati uçun aynan katta musobaqalar uçun tajribaga ega xorijlik maşhur murabbiy olib keliş fikri ança avvaldan bölgan, orada ötgan uç oy vaqt esa mana şu talablarga javob beruvçi mutaxassis topiş va muzokaralar uçun ketdi.
Nega Kannavaro?
Fabio Kannavaro ismi paydo bölişidan oldin bir qator mutaxassislar borasida turli darajadagi xabarlar çiqib turdi. Avvaliga germaniyalik mutaxassis Yoaxim Lyov varianti muhokama qilingan bölsa, keyinçalik Fotih Terim, Slevan Biliç ismlari uçradi, Paulu Bentu hatto Toşkentga kelib ketdi ham. Ma’lum bölişiça, Ioahim Lyov rad javobini bergan va umuman murabbiylikka qaytmoqçi emasligini aytgan. Bentu bilan moliyaviy şartlar böyiça tomonlar kelişa olişmagan, Terim yoki Biliç kabilar bilan esa umuman muzokara ötkazilmagan.
Öşa paytlarda ÖFA axborot xizmati rahbari sifatida işlagan Davron Fayziyevning «Markaziy sektor» podkastida ma’lum qilişiça, ÖFA milliy jamoaga usluban mos keladigan mutaxassis topiş uçun xorij tahliliy kompaniyaga murojaat ham qilgan. Tahlillarga köra, futbolçi sifatida Italiyada öynagan Sreçko Katanetsning murabbiylik maktabi ham aynan şu yurt uslubiga yaqin keladi. Şu sababdan Katanetsning Özbekistonda şakllantirgan jamoasi uslub, qadriyatlar, ğoya jihatidan Italiya futboliga eng yaqin deb baholangan. Şu tufayli aynan italiyalik yoki Italiya futboli uslubi bilan yaqin bölgan mutaxassislarni jalb qiliş maqsadga muvofiq deb tavsiya qilingan. Fabio Kannavaro murabbiy sifatida Italiyada köp işlamagan bölsa-da, uning futbolga bölgan qaraşlari, futbolçi sifatida unga ustozlik qilgan murabbiylarning italiyalik bölgani ahamiyat kasb etgan. Tabiiyki, yanada çuqurroq izlaş va uzoqroq muzokaralar uçun vaqt ham kamayib borganini ham ta’kidlaş kerak.
Yana şuni e’tiborga oliş kerakki, biz faqat ÖFA qaysidir ma’noda hohlagan nomlarni bilamiz, aslida taşkilot rad qilgan murabbiylar ham köp.
«Men milliy jamoamizni qabul qilişga tayyor bölgan va şunday taklifni kutgan bir qator murabbiylarni şaxsan bilaman. Ammo balki öşa murabbiylar ÖFAning ba’zi ölçovlari böyiça töğri kelmagan bölişi mumkin. Biz assotsiatsiya rad qilgan murabbiylarni bilmaymiz, öylaymanki, u röyxat ança uzunroq», – deydi taniqli futbol mutaxassisi Alişer Nikimbayev.
Osiyo kubogiga ham Kannavaro bilan
Şartnoma muddati avvalroq köpçilik aytayotganidek 1+4 emas, 2+3 körinişida tuzildi. Bu Fabio Kannavaro jamoani nafaqat jahon çempionatiga, balki 2027 yil yanvarida bölib ötadidan Osiyo kubogiga ham tayyorlaşini anglatadi. Temur Kapadze yordamçi murabbiy sifatida Kannavaroga özbek futboli bilan tanişiş, jamoaga nomzodlar haqida ma’lumotlarga ega bölişda yaqindan kömak beradi. Temur faqat jahon çempionati yakuniga qadar yordamçilik qilişi va şundan söng öz yölidan ketişi kutilmoqda. Albatta u Superligadagi biror klubni boşqargan holda ham Kannavaroga assisentlik qilişi mumkin.
Italiyalik mutaxassis Özbekistonga uzoqroq vaqtga kelganini yaşirmadi.
«Bir oy avval bu yerga taşrif buyurganimda hazil tariqasida işlaşga tayyorligimni aytgandim, bu esa amalga oşdi. Albatta, futbolçilarni ham kuzatdim, lekin maşğulotlarda bu yaqqol namoyon böladi. Bugun futbolçilar bilan körişdik, ular orasida italyançada sözlaşadiganlari ham bor. Murabbiy va futbolçilar kommunikatsiyasi juda muhim. Temur Kapadze bilan ham yiğinga çaqirilgan futbolçilar borasida gaplaşdik. Mahalliy mutaxassislar ştabda bölişi tarafdoriman, bu men uçun juda katta yordam beradi. Futbolçilar mentaliteti, mamlakat madaniyatini tez özlaştiriş zarur, şu sabab Ravşan Ermatovdan bu haqda özim ham iltimos qildim.
Superliga öyinlarini ham kuzatib boraman, aytib ötganimdek, futbolçilarni maydonda kuzatiş eng yaxşi taassurotni beradi.
Men juda köp jomadon bilan keldim. Maqsadim bu yerda köproq böliş, hatto velosipedimni ham olib keldim, uni haydaşga vaqtim böladimi, yöqmi bilmadim, lekin köproq odamlar orasida bölişni yoqtiraman. Yoşlar va ösmirlar jamoalarining öyinlarini ham kuzatib boraman, iştiyoq katta.
Superliga intensivligini oşiriş kerak, bu borada rahbariyat bilan gaplaşamiz. Öyin davomida yuqori temp bilan qança köp harakat qilsak, natijalar yaxşilana boşlaydi. Futbolçilar tiklanişlari ham juda muhim. Klublardagi murabbiylardan ham iltimos qilardik, futbolçilarning kunlik, haftalik yoki oylik körsatkiçlarini yuborişsa, şunda bizda ularning natijalari ösyaptimi yoki aksinça biliş imkoni böladi. Jahon çempionatidagi temp umuman boşqa daraja, buni işonç bilan ayta olaman», - dedi Fabio Kannavaro matbuot anjumanida.
Murabbiyning maoşiga keladigan bölsak, rasmiy xabarlar çiqmasidan oldin Fabio va uning ştabining maoşi yiliga 4 million yevroni taşkil etişi haqida miş-mişlar paydo bölgandi. Ammo matbuot anjumanida ÖFA vitse prezidenti Ravşan Ermatov bu raqamni rad etdi.
«Kannavaroning maoşi tört million yevro emas – dedi Ermatov, - ikki tomonlama kelişuvga asosan summani oşkor qila olmaymiz, lekin aytişim mumkinki, summa ba’zilar aytayotganning yarmi ham, yarmining yarmi ham emas».
Kannavaro futbolimizga nima beradi?
Avvalo şuni aytiş kerakki, har qanday çet ellik murabbiy kabi milliy jamoamiz tizimiga va unga bölgan munosabatlarda töğri ob-havo olib kirişi mumkin. Kannavaro futbol yulduzi, taqqoslaganda Kuper yoki Katanetsga nisbatan jahonda ança taniqli şaxs. Bu esa öz navbatida milliy jamoa muhitida, unga bölgan çetdan munosabatlar yoki boşqa mamlakatlar bilan muzokaralarda katta ahamiyat kasb etadi. Şu bilan birga, uning futbolçilik faoliyatidagi muvaffaqiyati mahalliy futbolçilar uçun ham öziga xos motivatsiya berişi mumkin. Har holda qarşisida har qança kuçli murabbiy bölmasin, futbolçi sifatida mundialga çiqa olmagan şaxs emas, «Oltin töp» sohibi, jahon çempionini köriş maşğulotlarga bölgan munosabatni ham jiddiyroq darajaga kötarişi mumkin.
Ikkinçidan, örtoqlik öyinlari, kelasi yilgi mundialda ham milliy jamoaga bölgan e’tibor boşqa darajada böladi. Şunçaki ilk bor taşrif buyurayotgan, tarkibida Husanov öynaydigan jamoa emas, Fabio Kannavaro boşqarayotgan jamoa sifatida mediada alohida e’tibor bölişi mumkin. Aytaylik, Italiya yoki Braziliya kabi jamoalar bilan guruhdoş bölib qolsak, «Fabio Italiyaga qarşi» yoki «Ustoz va şogird bahsi» sarlavhalari bilan qöşimça intrigalar paydo böladi.
Aynan taktik masalalarda, murabbiylik malakasi, salohiyati borasida Temur Kapadzedan ustunmi yoki yöq, buni jamoa iştirokidagi öyinlarni körmasdan aytiş muşkul. Biror bir futbolçi haqida gap borganda, uning ustunlik va kamçiliklari yaqqol körinadi, u jamoaga nimalar bera olişini taxmin qiliş qiyin emas. Lekin gap murabbiylik haqida borganda, taxminlar imkonsiz. Bir jamoada öxşamagan ğoyalar boşqasida öxşab qolişi, zör natijalar yirik muvaffaqiyatsizliklar bilan almaşib turişi normal hisoblanadi.
Bundan taşqari, futbolda klub va milliy jamoada işlaş prinsiplari mutlaqo farq qiladi. Kannavaroning muvaffaqiyatsizliklari asosan klublarda sodir bölgani e’tiborga olinsa, uning asosiy ustunliklari terma jamoalar futbolida yuzaga çiqişi mumkinligiga umid qilsa böladi.
Şuningdek, milliy jamoamizning unga ehtiyojidan ham köproq u Özbekistonga köproq muhtojligini unutmaslik kerak.
«Men endi murabbiyman. Menga bu yoqyapti. Öyinçi bölganingda faqat özingni öylaysan, ammo hozir kuniga 14 soatlab işlayapman, yaxşi murabbiy bölişni juda xohlayapman. Bu mening maqsadim», – degandi u faoliyatini boşlaganida.
Ammo hozirça Fabioning maqsadi amalga oşmadi, murabbiylik faoliyatida özini hali Gattuzo, Pirlo kabi jamoadoşlari darajasida ham körsata olmadi. Özbekiston milliy jamoasi esa u uçun ham ilinj, bu yerda muvaffaqiyat qozoniş orqali özini körsatişi, iste’dodli murabbiylar safiga kirib olişi mumkin. Futbolda özini isbotlab ulgurgan, mabodo Özbekistonda yaxşi natija körsata olmasa, asosiy sabab aynan özbek futboli körsatilişi mumkin bölgan, boşqaça aytganda, faqat pul uçun keladigan nomdor murabbiylardan köra balki, şunisi ham yaxşidir. Kannavaro ulardan farqli ravişda bor bilimi, vaqti va iste’dodini işga solişga majbur.
Klaudio Raniyeri uzoq yillar turli klublarda muvaffaqiyatsiz işlab, Mourinio tomonidan «omadsiz» tamğasi qöyilgandan keyin ham bir neça yil ötib «Lester»ni Angliya çempioni qilgani bunga yaqqol misol. Şu tufayli umid qilamizki, Fabio Kannavaroning biroz xavotirga soluvçi murabbiylik tarixi heç qanday ahamiyat kasb etmaydi va Özbekiston uşbu mutaxassisning öziga xos «Lester»iga aylanadi. Umiddan boşqa tirgagimiz yöq hozirça.