Prezident “Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilarini rağbatlantiriş töğrisida”gi farmonni imzoladi.
Mamlakatda 9 may – Xotira va qadrlaş kuni umumxalq bayrami sifatida keng nişonlanişi, şuningdek, Ikkinçi jahon uruşida halok bölgan ajdodlar xotirasini abadiylaştiriş, bugun ham safda turib, vatan obro‘-e’tiborini yuksaltirişga, yoşlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalaşga hissa qöşayotgan faxriylarni e’zozlaş hamda faşizm ustidan qozonilgan ğalabaning 79 yilligi munosabati bilan uruş qatnaşçilari va nogironlarini moddiy rağbatlantiriş maqsadida Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va nogironlarining har biriga 20 000 000 (yigirma million) söm miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilandi.
Farmonni bajariş bilan boğliq bölgan sarf-xarajatlar Özbekiston respublika budjeti mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Içki işlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Özbekiston mahallalari uyuşmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi bilan birgalikda Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va nogironlariga uşbu pul mukofoti tantanali hamda bayramona vaziyatda topşirilişini ta’minlaydi.
Ma’lumot uçun, 2023 yilda Özbekistonda Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va nogironlarining har biriga 18 mln söm miqdorida bir martalik pul mukofoti berilgandi.








