Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Abdurauf Qorjovov 68 yoşida vafot etdi.

Abdurauf Qorjovov 1956 yil 21 sentabrda Samarqand viloyatining Payariq tumanida tavallud topgan. 1981 yilda Özbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlagan.

U öz faoliyatini “Özbekiston ovozi” (“Sovet Özbekistoni”) gazetasida musahhih, muxbirlikdan boşladi. 1992-2019 yillar davomida Özbekiston teleradiokompaniyasining öz muxbiri, boş muharrir örinbosari, boş muharrir, direktor örinbosari, “Özbekiston 24” teleradiokanali boş muharriri lavozimlarida faoliyat körsatdi. 

Abdurauf Qorjovovning “Yöllar va manzillar”, “Tabiatning möjizaviy ehsonlari” kitoblari, hammualliflikdagi “Sahro böm-böş emas”, “Yurt farzandlari”, “Xitoy Özbekistonliklar nigohida” kabi oçerklar töplamlari naşr etilgan.

U 1994 yilda “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist” unvoniga munosib körilgan. Şuningdek, “Özbekiston xalq ta’limi a’loçisi” va boşqa köplab mukofotlar bilan taqdirlangan.

Abdurauf Qorjovov 2020 yildan buyon “Yangi Özbekiston” gazetasi tahririyatida katta muharrir, bölim mudiri, iqtisodiy şarhlovçi vazifalarida işlab kelayotgan edi.